“Rossiya go‘zali” AQShda o‘tkaziladigan "Koinot go‘zali" tanlovida ishtirok etmaydi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishAlina Sanko vo vremya vistupleniya v finale konkursa "Miss Rossiya 2019"
Alina Sanko vo vremya vistupleniya v finale konkursa Miss Rossiya 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya go‘zali Alina Sanko AQShning Atlanta shahrida 9-dekabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Koinot go‘zali” tanlovida ishtirok etmaydi.

TOShKENT, 19 noya – Sputnik. “Rossiya go‘zali” tanlov jamoasi AQShning Atlantada 9-dekabr o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Koinot go‘zali” tanlovida ishtirok etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldi. Biroq viza olish va boshqa tashkiliy qiyinchiliklar tufayli tanlovda ishtirok etishdan voz kechishga majbur bo‘ldi.

Bu haqda RIA Novosti'ga “Miss Rossiya” tanlovi direktori Anastasiya Belyak ma’lum qildi.

Uchastnisi konkursa Miss Zemlya - Sputnik O‘zbekiston
“Zamin go‘zali - 2019” finalida qozog‘istonlik supermodel ishtirok etadi – foto

“Bu yili “Koinot go‘zali” tanlov rahbariyati final bosqichi o‘tkazilishi sanasi va joyi – AQSh, Atlanta haqida juda kech ma’lum qilindi. Afsuski, AQSh vizasini olish murakkabligi, uzoq muddatli jarayon tufayli uni olishga ulgurmayapmiz”, - dedi Belyak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Alina Sanko 14-dekabrda o‘tkaziladigan “Dunyo go‘zali” tanlovida ishtirok etadi.

Sanko shu yili aprel oyida o‘tkazilgan "Miss Rossiya 2019" tanlovi bosh mukofotini olgandi.

Yangiliklar lentasi
0