12:32 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Prezident Ukrainы Vladimir Zelenskiy

Zelenskiy Putin bilan muhokama qilmoqchi boʻlgan masalalarni aytdi

© AFP 2018 / SAUL LOEB
Dunyoda
Havola olish
63410

Parijda 9 dekabrda “normand sammiti” oʻtkaziladi. Muzokaralarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kantsleri Angela Merkel oʻz ishtirokini tasdiqladi.

TOSHKENT, 19 noya – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “normand toʻrtaligi” sammitida muhokama qilmoqchi boʻlgan masalalarni aytdi.

Ukraina yetakchisi Rossiya, Frantsiya, Germaniya prezidentlari uchrashuvida uchta muhim masalani muhokama qilinishiga umid qilgan.

Xususan, Zelenskiy Kiyev nazoratiga Donbass qaytish aniq muddatlarini muhokama qilmoqchi.

“Men Donbassni qaytishi haqida aniq muddatlar haqida gaplashmoqchiman. Biz bu haqda suhbatlashamiz, men bu masalani koʻtaraman”, - dedi Ukraina prezidenti.

Shuningdek, Ukraina prezidenti Donetsk va Lugansk xalq respublikalarida saylovlar oʻtkazish shartlarini maʼlum qilishiga umid qilmoqda.

Bundan tashqari, Zelenskiy Putin, Makron va Merkel bilan asirlarni almashtirish masalasini muhokama qilmoqchi.

Eslatib oʻtamiz, Parijda 9 dekabrda “normand sammiti” oʻtkaziladi. Muzokaralarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kantsleri Angela Merkel oʻz ishtirokini tasdiqladi.

Asosiy mavzular