13:52 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Prosmotr zapreщennыx agitatsionnыx materialov

MDH davlatlarida terrorchilik tashkilotlarining yagona roʻyxati tayyorlanmoqda

Collage Sputnik / Jeshu John
Dunyoda
Havola olish
277 0 0

MDH mamlakatlari vakillari bilan oʻtkazilgan konferentsiyada MDH mamlakatlari uchun taqiqlangan tashkilotlarning yagona roʻyxatini tayyorlash masalasi koʻtarildi.

TOSHKENT, 19 noya – Sputnik. MDH parlamentariylari terroristik tashkilotlarning yagona roʻyxatini milliy qonunchilikda mustahkamlash zarur, dedi Rossiya Davlat dumasi raisining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Jukov MDH mamlakatlari vakillari bilan anjumanda. "Parlamentskaya gazeta" nashri xabariga asosan.

“Ushbu oyda Yerevanda ODKB Parlament Assambleyasida va undan oldin esa Nur-Sultonda parlament spikerlarining yigʻilishida terrorchilik tashkilotlari roʻyxatini milliy qonunlarda mustahkamlash zarurligi tasdiqlangan edi. Bu oson ish emas, lekin siyosiy partiyalar fraktsiyalarining saʼy-harakatlarini birlashtirish kerak”, - dedi Jukov.

Rossiya deputatining soʻzlariga koʻra, MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarga oid yuzlab xalqaro shartnomalar loyihalari haqida gap ketmoqda.

Misol tariqasi Jukov Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodinning Oʻzbekiston va Tojikistonga ishchi tashrifini keltirdi, bu yerda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilingandi.

Jukov taʼkidlashicha, Davlat dumasi tegishli qoʻmitalarining chet ellik hamkasblari bilan ishlashi MDH mamlakatlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.

Asosiy mavzular