NATOning kosmosdagi rejalari dunyoni falokatga olib keladi – deputat

© Wiki ImagesAstronavt v otkritom kosmose
Astronavt v otkritom kosmose - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg kosmosni Alyanskning faoliyat yo‘nalishlaridan biri sifatidagi rejalarini e’lon qildi.

NATO kosmos faoliyat sohasi sifatida tan olishni rejalashtirmoqda. Bu qadamning dunyo uchun oqibatlari va Rossiya ehtimoliy javobi xususida Davlat dumasi mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi rais o‘rinbosari Yuriy Shvitkin Sputnik radio efirida o‘z fikrlarini aytdi.

Proyekt shtab-kvartiri NATO v Brussele  - Sputnik O‘zbekiston
NATO o‘z ajalini qanday yashirish to‘g‘risida kelishmoqda

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg kosmosni Alyanskning faoliyat yo‘nalishlaridan biri sifatidagi rejalarini e’lon qildi.

Tegishli bayonot Brusselda NATOga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi.

Alyans rahbarining so‘zlariga ko‘ra, kosmosning ekspluatatsiya sohasi sifatida tan olinishi aloqa, navigatsiya va erta ogohlantirish tizimlarini rivojlantirishga yordam beradi. Shu o‘rinda, u kosmosga hujum qurollarini joylashtirish rejalashtirilmaganligini ta’kidladi.

Alyans rahbariyatining bunday bayonotlari to‘g‘ri emas, dedi Sputnik radio efirida Davlat dumasi mudofaa qo‘mitasi rais o‘rinbosari Yuriy Shvitkin.

“Stoltenberg bayonoti taajjublantiradi va boshqa davlatlarga qarshi tajovuzkor harakatlar ko‘zlangan... Alyansning o‘zi harbiy tashkilot sifatida kosmosni harbiylashtirishni o‘z ichiga oladi va  NATO mamlakatlari barcha urinishlarni ishga soladi. Menimcha, bu dunyo hamjamiyatini falokatga olib kelishi mumkin”, - deb ta’kidladi deputat.

Shvirkin so‘zlariga ko‘ra, Rossiya NATO tomonidan kosmos harbiylashtirilishiga yo‘l qo‘ymasligi uchun bu borada tegishli harakatlarni amalga oshirishi kerak.

“Javob bo‘lishi kerak, lekin shu bilan birga u mamlakatimizni kosmosdagi qurol poygasiga jalb qilmasligi kerak”, - deb qo‘shimcha qildi rais o‘rinbosari.

Yangiliklar lentasi
0