21:50 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
1143 0 0

Amerikalik diplomatlar navbatdagi bor S-400 xaridi tufayli Anqaraga qarshi sanktsiyalar kiritilishi mumkinligi bilan poʻpisa qilishgan.

TOSHKENT, 22 noya — Sputnik. Turkiya-Amerika munosabatlari yaxshilanishi uchun Anqara Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualaridan voz kechishi lozim, deb bayonot qilgan AQSH Davlat departamenti. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Davlat departamenti idorasi "Turkiyada tanlov borligiga" ishora qilgan.

Bundan tashqari, amerikalik diplomatlar navbatdagi bor S-400 xaridi tufayli Anqaraga qarshi sanktsiyalar kiritilishi mumkinligi bilan poʻpisa qilishgan.

Taʼkidlash joizki, AQSH Davlat departamenti ushbu bayonotni Turkiya va AQSH oʻrtasida Rossiya zenit-raketa majmualarini xarid qilish masalasi yuzasidan oʻtkaziladigan muzokaralari oldidan eʼlon qilgan.

Tramp Erdogʻanga "yogʻliq bitim" taklif qildi >>>

Sal oldin S-400 bilan bogʻliq holatni prezidentlar Donald Tramp va Toyip Erdogʻanlar muhokama qilishgan edi. Turkiya yetakchisi Anqara Rossiya qurolidan voz kechishni rejalashtirmayotganini maʼlum qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Turkiya va AQSH munosabatlarida inqirozni keltirib chiqargan Rossiyaning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi boʻlmish S-400ning yetkazib berilishi iyul oyi oʻrtalarida boshlangan edi. Erdogʻanning soʻzlariga koʻra, C-400 2020 yilning aprelida toʻliq ishga tushiriladi. Vashington muntazam ushbu bitimdan voz kechishga, oʻrniga amerikaning Patriot majmualarini xarid qilishga chaqirmoqda, aks holda Turkiyaga qiruvchilarning eng soʻnggi avlodi boʻlmish F-35 sotuvini toʻxtatib qoʻyish yoki umuman bekor qilish va hatto sanktsiyalar kiritish bilan tahdid qilmoqda. Anqara yon bosishga rozi boʻlmayapti.

Asosiy mavzular