23:50 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Voyennыy ekspert Aleksandr Jilin. Foto so stranitsы Twitter polzovatelya @azhilin1

AQShning kosmosdagi tajribalari yadroviy quroldan ham qoʻrqinchliroq - Jilin

Sputnik / Azamat Totubayev
Dunyoda
Havola olish
957 0 0

Harbiy ekspert, isteʼfodagi polkovnik Aleksandr Jilin fikriga koʻra, amerikaliklar tomonidan kosmik qurol ishlab chiqarish dunyo uchun juda katta xavf tugʻdirmoqda, bunga nisbatan yadroviy raketalar zararsiz vosita kabi koʻrinadi.

NATO oʻz tezkor faoliyati yangi yoʻnalishlaridan biri - kosmos boʻlishi haqida NATO bosh kotibi Yens Stolbenberg  eʼlon qilgandi. Lekin hozircha kosmosda qurol joylashtirish haqida aytilmadi.

“AQSH milliy hududidan tashqarida barcha harbiy harakatlari amalga oshirishga intilmoqda. Sal oldin amerikaliklar kosmosni harbiylashtirishga istagi haqida razvedka belgilari koʻringan. Ular uchta yoʻnalishda: geotsentrik harbiy harakatlar teatri (yerga yaqin va kiber hududda 36 ming kilometrgacha balandlikda), Yerning elektromagnit va tortishish maydonini, shuningdek mavjud boʻlgan iqlim betartibligini nazorat qilish uchun qutblarni boshqarish”, - dedi Jilin Sputnik radio efirida.

Uning soʻzlariga koʻra, agar razvedka maʼlumotlariga ishonadigan boʻlsak, Vashington va NATO siyosati aynan shunga qaratilgan, va bu insoniyat uchun haqiqiy tahdid mavjudligini anglatadi.

“Donald Tramp prezidentlik muddati boshida, AQSH yangi jismoniy tamoyillarga asoslangan qurollarni yaratishga eʼtibor qaratayotganini aytdi. Xavfsizlik xizmatlari uni darhol toʻxtatishdi, boshqa bu haqda hech kim ogʻiz ochmadi. Shunga qaramay, ochiq axborot makonida razvedka belgilarini tahlil qilib, xavotirli xulosalar qilinadi: yadro quroli bola gʻingshishi kabi koʻringanida, bu falokat bilan tugashi mumkin”, - deb xulosa qildi mutaxassis.

Asosiy mavzular