Putin va Zelenskiy ilk uchrashuv oldidan qo‘ng‘iroqlashdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin
Prezident RF V. Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suhbat 9-dekabrda Parijda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “normand shaklidagi” uchrashuv arafasida bo‘lib o‘tgan.

TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ukraninalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, suhbat Kiyev tashabbusi bilan 9-dekabrda Parijda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “normand shaklidagi” uchrashuv arafasida bo‘lib o‘tgan.

Vidi Moskvi - Sputnik O‘zbekiston
Kreml “normand sammiti” sanasini tasdiqladi: Putin va Zelenskiy ilk bor yuzma-yuz uchrashadi

Xabarda yozilishicha, ikki davlat rahbarlari 2018-yil noyabrda Rossiya chegarasini buzgan Ukrainaning uchta harbiy kemasini qaytarib berilishi mavzusini muhokama qilishgan.

O‘z navbatida, Zelenskiyning ofisi Facebook᾽da Ukraina yetakchisi Kiyevga qaytarilgan kemalardagi hujjatlar va jihozlarni qaytarishni iltimos qilganini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, suhbatda Rossiya gazini Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni davom ettirish va qayta tiklash masalalari muhokama qilingan.

Xabarda prezidentlar turli darajadagi aloqalarni davom ettirishga kelishib olganlari qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, “normand shaklidagi” sammit 9-dekabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.  Ukraina bo‘yicha “normand shaklidagi” muzokaralar 2014-yil iyun oyidan buyon mavjud. Sammitda Donbassdagi vaziyatni barqarorlashtirish masalasi muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0