15:12 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Zaxarova Kiyevning “bir necha viloyatlarni” qabul qilishga tayyorligiga javob qaytardi

© Sputnik / Sergey Pyatakov
Dunyoda
Havola olish
85801

Avvalroq Ukraina bosh vazirining oʻrinbosari mamlakat Rossiyaning bir necha viloyatlarini qabul qilishga tayyorligini bildirgan edi.

TOSHKENT, 2 dek – Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Ukraina bosh vazirining Yevropa va Yevroittifoq integratsiyasi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Dmitriy Kulebaning Kiyev “Rossiyaning bir necha viloyatlarini” qabul qilishga tayyorligi toʻgʻrisidagi bayonotiga javob qaytardi.

“Rossiyaning bitta viloyati Ukraina tarkibida allaqachon boʻlgan, va unga u yer yoqmadi”, - deya munosabat bildirgan Zaxarova NSN efiri chogʻida.

Avvalroq Kuleba Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodinning millatchilik va kichik xalqlarga zulm oʻtkazish Ukrainaning barbod boʻlishiga olib kelishi mumkinligi toʻgʻrisidagi soʻzlariga munosabat bildirgan edi.  U mamlakat tarkibidan hech qanday viloyat chiqmasligini maʼlum qilgan. Shu bilan birga, Ukraina Rossiyaning bir necha viloyatlarini qabul qilishga tayyorligini bildirgan.

Jirinovskiy Rossiya qanday holatda Ukrainani yoʻq qilishi mumkinligini aytdi

2014 yil 14 martda Qrim referendum oʻtkazilgandan soʻng Rossiya tarkibiga qoʻshildi. Ukraina avvalgiday uni oʻziniki deb hisobladi. Vladimir Putin “Qrim masalasi uzul-kesil hal qilingan” deb bir necha marotaba taʼkidlangan.

Mavzu boʻyicha

Zaxarova Moskvaga tanklarda kirib kelishni vaʼda qilgan ukrainalik vazirga javob qaytardi
Zaxarova Ukraina mudofaa vazirining Rossiya bilan urush haqidagi soʻzlariga javob berdi
Zaxarova Zelenskiyning “Qrimni qaytarish” strategiyasiga baho berdi
Teglar:
Qrim, Mariya Zaxarova, Ukraina

Asosiy mavzular