16:39 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Obladatelnitsa titula Miss-Moskva-2015 Oksana Voyevodina

Moskva goʻzali bolasiga tahdid tufayli politsiyaga shikoyat qildi

Instagram /rihanapetra
Dunyoda
Havola olish
362 0 0

“Miss Moskva-2015” gʻolibasi Oksana Voyevodina farzandiga nisbatan tahdidlar tufayli politsiyaga shikoyat qildi.

TOSHKENT, 2 dek – Sputnik. “Miss Moskva-2015” gʻolibasi Oksana Voyevodina farzandiga nisbatan tahdidlar tufayli politsiyaga shikoyat qildi. Bu haqda Voyevodinaning advokati Ivan Melnikov maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, oktyabr oyi oʻrtalarida Voyevodina otasining telefoniga noʼmalum ayol tomonidan xabar kelib tushdi. Unda yozilishicha, Voyevodinaning oʻgʻli Leonga oʻlim xavfi tahdid solishi mumkinligi sababli uchrashuvga taklif etilgan.  

Advokat maʼlum qilishicha, Voyevodina uchrashuvga kela olmagan, uning oʻrniga ayol bilan uning dugonasi uchrashgan va suhbatni yozib olgan.

“Suhbat davomida ayol Leon oʻlim xavfi ostida ekanligini bir necha marta taʼkidlagan. Voyevodina sobiq turmush oʻrtogʻiga nisbatan daʼvo arizasini qaytarib olishi va OAVda chiqishlarni toʻxtatishi bilan bu tahdidni oldini olishi mumkinligi aytildi”, - deydi advokat.

Shundan soʻng Voyevodina politsiyaga ariza yozdi. Huquq tartibot organlari tekshiruvni boshladi.

Tahdidlardan soʻng Voyevodina oʻgʻli bilan Moskvani tark etishga majbur boʻlganini maʼlum qildi.  

“Huquq tartibot organlari va davlatimizning himoyasi va yordamiga umid qilaman. Kelib tushayotgan tahdidlarni tekshirish va tegishli choralarni koʻrishingizni soʻrayman”, - dedi Voyevodina.

2018 yil noyabrda rossiyalik model va Muhammad V toʻyi boʻlgan edi. Aprel oyida ayol islom dinini qabul qilib, Rixana ismini olgandi. Bir yarim oydan keyin toʻsatdan qirol taxtdan voz kechdi. 21 mayda oilada oʻgʻil farzand tugʻildi, uning ismini Tenku Ismoil Leon Petr Bin Tenku Muhammad V Faris Petr deb qoʻyildi.

2019 yil iyulda sobiq qirolning advokati er-xotin ajrashganligi haqida maʼlumotlarni tasdiqladi.

Asosiy mavzular