15:13 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Xitoy AQShga keskin sanktsiyalar joriy etdi

© AP Photo / Ng Han Guan
Dunyoda
Havola olish
78810

Amerika Qoʻshma Shtatlarida Gonkong haqida qabul qilingan qonun Xitoyda mamlakat ichki ishlariga aralashish deb topildi.

TOSHKENT, 2 dek – Sputnik. Xitoy AQShga nisbatan yangi sanktsiyalarni joriy etdi, deb maʼlum qildi Xitoy TIV vakili Xua Chunin.

Vashingtonda Gonkong boʻyicha qonun imzolangandan keyin Xitoy AQShga nisbatan sanktsiyalarni joriy etish boʻyicha qaror qabul qilindi.

Chuninning soʻzlariga koʻra, AQSH Xitoy noroziligiga eʼtibor bermasan hujjat qabul qildi. Bu “xalqaro huquq normalarining asoslari va huquqlarini jiddiy buzilishi” boʻldi.

“Xitoy qator amerika nodavlat tashkilotlari, shu jumladan - NDI, HRW, Freedom House nisbatan sanktsiyalar kiritdi”, - deb aniqlik kiritildi Xitoy TIVda.

Bundan tashqari, Pekinda Gononga harbiy kema va samolyotlarni kelishi haqida AQSH soʻrovnomalarini koʻrib chiqish toʻxtatildi.

Noyabr oyi oxirida AQSH Prezidenti Donald Tramp Gonkongda demokratiya va inson huquqlari toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi. Shu bilan birga, Amerika rahbari ushbu hujjat "Xitoy raisi Si Tszinpin, Xitoy va Gonkong xalqiga hurmat bilan" qabul qilinganini taʼkidladi.

Keyinchalik Xitoy TIV AQShning Pekindagi elchisi Terri Branstedni chaqirdi va imzolangan qonun uchun protest bildirdi.

Asosiy mavzular