01:24 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99

Tramp vertolyotga chiqishdan oldin rafiqasini “unutdi” - video

© AP Photo / Pablo Martinez Monsivais
Dunyoda
Havola olish
100310

AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uy oldida vertolyotga chiqishdan oldin rafiqasi Melanyani “unutdi”. Bu holat aks etgan video ostida internet foydalanuvchilari koʻplab izohlar qoldirishgan.

TOSHKENT, 3 dek – Sputnik. FOX 10 Phoenix telekanali AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uy oldida vertolyotga chiqishi aks etgan videoni joylashtirdi.

Videoda Tramp vertolyot tomon bir oʻzi borayotgani aks etgan. Biroq yarim yoʻlda rafiqasi Menlanyani kutish uchun toʻxtadi, ular birgalikda uchish kerak boʻlgan.

Video mualliflari AQSH prezidenti rafiqasini shunchaki unutib qoʻygan, deb taxmin qilishdi.

AQSH prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi noqulay ahvolga tushishi bir necha marta OAVlar eʼtiboriga tushgan.

Xususan, Tel-Aviv aeroportida prezident oilasi kutib olishga chiqqan yuzlab jurnalistlar "oilaviy sahnaning" guvohi boʻlishgandi. Qizil yoʻlakdan ketayotgan Donald Tramp rafiqasining qoʻlini tutmoqchi boʻlganda, Melanya uning qoʻlini siltab tashladi.

Birozdan soʻng, Italiyada ham AQSH prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melanya uning qoʻlini yana bir bor ushlashdan bosh tortgandi.

Asosiy mavzular