OPEK slanes nefti qazib olishning “oltin davri” tugashini taxmin qilmoqda - Bloomberg

Obuna bo‘lish
Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkilotining vazirlari AQShda slanes nefti “oltin davri” tugadi deb hisoblashmoqda. Bu xaqda Bloomberg OPEKdagi manbalarga asoslanib xabar qildi.

Tashkilot a’zolarining fikriga ko‘ra, 2020-yilda AQShda slanes nefti qazib olishning o‘sishi avvalgi davrga nisbatan sekinlashadi.

Saudi Arabia Russia - Sputnik O‘zbekiston
Neft, viza va kosmos: Rossiya va Saudiya Arabistoni 20 tadan ortiq hujjat imzoladi

Bloomberg berayotgan bahoni neft sotuvchilari ham berishmoqda. Vitol Group tahlilchilari AQShning neft qazib olish xajmi 2019-yil dekabridan 2020-yil dekabriga qadar 700 ming barrelga oshishini kutishmokda, garchi 2018-yil oxiridan 2019-yil oxiriga bo‘lgan o‘sish 1,1 mln barrelni tashkil etgan.

Biroq, sekinlashuv neft yo‘qligini anglatmaydi. Slanes neft qazib oluvchi AQSh mustaqil kompaniyalari xarajatlarni kamaytirayotganlarini e’lon qilar ekan, yirik o‘yinchilar qazib olishni ko‘paytirishni davom etishlari mumkin, deb yozadi Bloomberg.

Shu bilan birga, OPEK davlatlari uchun eng katta muammo – bu Amerika slanes nefti emas, balki Braziliya va Norvegiya kabi davlatlarda “qora oltin” ishlab chiqarishning o‘sishi, deya ta’qidlaydi agentlik.

OPEK va tashkilotdan tashqaridagi qator mamlakatlarning (OPEK +) neft qazib olishni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomasi 2017-yil boshidan beri amal qilmoqda. Uning amal qilishi muddati bir necha bor uzaytirilib, shartlari esa o‘zgartirilgan.

Hozirgi vaqtda bitim ishlab chiqarishni 2018-yil oktabr oyidagi darajadan kuniga 1,2 million barrelga qisqartirishni ko‘zda tutadi, shundan 228 ming barrel Rossiyaga to‘g‘ri keladi, bitim 2020-yil mart oyigacha amal qiladi.

OPEK + davlatlari vakillarining uchrashuvi 5-6 dekabrga belgilangan, u yerda kelishuvlarn uzaytirish masalasi muhokama qilish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0