11:16 08 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
30710

NATO bosh kotibi alyans Rossiyani oʻz dushmani deb hisoblamasligini taʼkilab oʻtdi. "Biz Rossiyaga bunday taʼrif bermaymiz", - dedi u tegishli savolga javob berar ekan.

TOSHKENT, 3 dek – Sputnik. NATO Rossiyani dushman sifatida koʻrmaydi va umuman tashkilot hech qanday gʻanimlar roʻyxatiga ega emas, deya bayonot qildi alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg Polshaning Rzeczpospolita nashriga bergan intervyusida.

"Avvalo, shuning qayd etish lozimki, NATO hech qanday dushmanlar roʻyxatiga ega emas. Negaki biz birorta ittifoqdoshimizga biror xatar yaqinlashayotganini koʻrmayapmiz", - dedi Stoltenberg. Uning soʻzlariga koʻra, alyans oʻzini bu singari roʻyxatni shakllantirish xatosidan himoyalashi darkor.

"Aksincha, biz xavfsizlikning tobora noaniq bir muhitini koʻrmoqdamiz. Shu bois, biz taʼsir salohiyatimizni oʻzgartirmoqdamiz, masalan, kibertahdilarga yoki kosmosga", - deb qoʻshimcha qildi u.

Shu bilan bir qatorda, NATO bosh kotibi alyans Rossiyani oʻz dushmani deb hisoblamasligini taʼkilab oʻtdi. "Biz Rossiyaga bunday taʼrif bermaymiz", - dedi u tegishli savolga javob berar ekan.

Asosiy mavzular