21:35 06 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
404 0 0

Lockheed Martin korporatsiyasiga AQSH havo harbiy kuchlari uchun yangi ARRW raketa ishlab chiqilishi uchun 988,8 million dollar ajratildi.

TOSHKENT, 3 dek – Sputnik. AQSH Pentagoni tomonidan Lockheed Martin korporatsiyasiga AQSH havo harbiy kuchlari uchun yangi ARRW raketa tayyorlanishi uchun 988,8 million dollar ajratildi.

Raketa tayyorlash ishlari Orlandoda amalga oshiriladi va 2022 yil 31 dekabrda oʻz yakuniga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Shartnoma shartlariga koʻra, kompaniya yangi loyihani ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va seriyali ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishi kerak.

Iyun oyida AQSH HHK ilk bor gipertovushli AGM-183A (ARRW) raketasini muvaffaqiyatli sinovini oʻtkazgandi. Bu raketa B-52 Stratofortress bombardimonchisiga oʻrnatilgan.

Lockheed Martin, boshqa kompaniyalar bilan birgalikda, 2018 yildan beri ARRW taktik gipertovushli raketani ishlab chiqmoqda. Oʻsha vaqtda shu maqsadlar uchun 480 million dollar ajratilgandi.

Asosiy mavzular