03:12 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Dunyoda
Havola olish
2721 0 0

Lozanna federal Politexnika Maktabining bakalavriat talabasi Vasim Duadi olimlar yuz yil davomida tushuntirib berila olinmagan fizik jumboqning yechimini topdi.

TOSHKENT, 4 dek – Sputnik. Lozanna federal Politexnika Maktabining bakalavriat talabasi Vasim Duadi olimlar yuz yil davomida tushuntirib bera olmagan fizik jumboqning yechimini topdi. Bu haqda Neue Züricher Zeitung yozmoqda.

Dovadi havo pufakchasi nima uchun suyuqlik bilan vertikal tor trubkada turgʻun boʻlib qolayotganini va bir shisha mineral suvni ochishda roʻy berayotgani kabi tepaga qarab harakatlanmasligi sababini aniqladi.

Maʼlum boʻlishicha, pufakcha ilgari taxmin qilinganidek, trubkaga yopishib qolmaydi, aksincha, juda sekin harakatlanadi. Bu harakatni koʻz bilan ilgʻash qiyin. Bundan tashqari, talaba pufakcha va suyuqlik oʻrtasida juda nozik qatlamni koʻra oldi. Aynan shu qatlamning xususiyatlari havoning koʻtarilishi va yoxud koʻtarilmasligini aniqlab beradi.

Qatlamning qalinligi millimetrning milliondan bir qismini tashkil etadi. Buni aniqlash uchun tadqiqot mualliflari yorugʻlikni trubkadagi pufakchaga yoʻnaltirdilar va trubkani ichki qismida aks ettirilgan nur va tashqi qismidagi nur orasidagi farqni interferentsiyani (intensivlikni qayta taqsimlanishini) tahlil qilib hisoblash natijasida suyuqlik va trubka orasidagi qatlamning aniq oʻlchamini hisoblashga muvaffaq boʻlishdi.

Tadqiqotchilar ilmiy ish natijalarini suyuqliklarni nanodiapazonda harakatlanishida sodir boʻladigan hodisalarni oʻrganishda qoʻllash mumkinligini ehtimol qilishmoqda.

Asosiy mavzular