Iroqda al-Bag‘dodiyning o‘rinbosari qo‘lga olindi

© AP Photo / albaraka_news, FileBoyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL)
Boyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iroq harbiylari yo‘q qilingan “Islom davlati” yetakchisi al-Bag‘dodiyning o‘rinbosarini qo‘lga olishganini ma’lum qilishdi.

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Iroq harbiylari yo‘q qilingan “Islom davlati”* yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘rinbosari qo‘lga olinganini xabar qilishdi.

Kirkuk provinsiyasi Xavija qishlog‘i politsiyasi kvartirada yashirinib yotgan Abu Xaldun laqabli jangarini qo‘lga olishdi, deya ma’lum qilishgan RIA Novostiga Iroq xavfsizlik organlari matbuot xizmati.

Suriyada al-Bag‘dodiyning rafiqasi qo‘lga olindi

Jangarining Shaalyan Ubeyd nomiga berilgan qalbaki pasporti bo‘lgan.

“Bu jinoyatchi al-Bag‘dodiyning o‘rinbosari lavozimni egallab kelgan va Salah-ad-Din provinsiyasida “harbiy emir bo‘lgan”, - deyiladi xabarda.

AQSh prezidenti Donald Tramp 27-oktabr kuni al-Bag‘dodiy yo‘q qilinganini ma’lum qildi. “ID”* yetakchisi  AQShning Suriya shimoliy-sharqidagi operatsiyasi natijasida yo‘q qilingan. Keyinchalik Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov Rossiyaning amerikalik harbiylar al-Bag‘dodiyni yo‘q qilish bo‘yicha “navbatdagi” operatsiyani o‘tkazganligi haqida ishonchli ma’lumotlari yo‘qligini ma’lum qildi. Amaq nashri o‘z navbatida “ID”* o‘z rahbari yo‘q qilinganini tasdiqlagani haqida xabar tarqatdi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0