16:06 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Bill Geyts. Arxivnoye foto

Bill Geyts taomnomasi: dunyoning eng boy odami nima tanovul qiladi

© Flickr / The Henry Ford
Dunyoda
Havola olish
479 0 0

Bill Geyts hozir sunʼiy goʻsht yaratish bilan shugʻullanmoqda. Milliarder diyetasi qanday ovqatlardan iborat, nahotki u vegetarian boʻlsa?

TOSHKENT, 4 dek  - Sputnik. Microsoft kompaniyasi asoschisi, Bill Geyts 16 yil davomida dunyoning eng boy odami boʻlgan. Bugungi kunda uning boyligi 96,5 milliard dollarga baholanmoqda.

Xoʻsh shunday badavlat odam har kuni qanday ovqatlar tanovul qiladi deb oʻylaysiz? Balkim uning diyetasi faqat qora ikra, lobster va shampan vinosidan iboratdir?

Obrazets kultiviruyemogo myasa, vыraщennogo v laboratorii gennoy injenerii v Ochakovskom kombinate piщevыx ingrediyentov (OKPI) v Moskve.
© Sputnik / Vitaliy Belousov

Aslida unday emas, deb yozadi Rossiyaning "Gastronomʼ" nashri. Yaqinda Bill Geyts haqida chiqqan kichik hujjatli filmda aytilishiga koʻra, uning sevimli ovqati bu – gamburger. Shuningdek u mol goʻshtidan tayyorlangan ovqatlarni xush koʻrishi aytilgan. Ha aymoqchi u hech qachon nonushta qilmas ekan. Kun davomida Geyts bir necha marotaba yongʻoq isteʼmol qilar va juda koʻp kofe ichar ekan.

Shuningdek, bugungi kunda Bill Geyts oziq ovqat sohasida yangi biznesga asos solgan. U amerikada Beyond Meat nomli kompaniyaga pul tikkan. Ushbu kompaniya laboratoriya sharoitida goʻsht yaratish bilan shugʻullanadi. Sunʼiy goʻsht nuxat oqsili va raps yogʻidan tayyorlanadi. Laboratoriya goʻshti hidi, taʼmi va koʻrinishidan haqiqiy goʻshtga oʻxshaydi. Bugungi kunda u dunyoning turli mamlakatlarida sotilmoqda, lekin uning narxi eng qimmat “marmar mol goʻshti” bilan teng, deyilgan xabarda.

Tass
Iskusstvennoye myaso

Asosiy mavzular