02:19 28 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Dunyoda
Havola olish
234 0 0

AQSH moliya vazirligi 100 million oʻgʻirlagan rossiyalik xakerlar guruhi boshligʻi haqidagi maʼlumot uchun 5 million dollar vaʼda qildi.

TOSHKENT, 6 dek – Sputnik. AQSH Moliya vazirligi Rossiya va ukrainalik xakerlar va ular bilan bogʻliq boʻlgan 17 nafar fuqarolarga sanktsiyalar kiritdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Ushbu shaxslar orasida asosan Rossiya fuqarolari, shuningdek Ukraina va Moldova fuqarolari bor. Sanktsiyaga tushgan shaxslarning AQSH tassarufidagi mulklari muzlatib qoʻyilishi kerak, shuningdek AQSH fuqarolari va Amerika kompaniyalariga ular bilan biznes yuritish taʼqiqlanadi.

Xabarda aytilishiga koʻra ular butun dunyo boʻylab xakerlik guruhi (Evil Corp) tashkil qilishgan, virus dastur yordamida bank hisob raqamlaridan 100 milliondan ortiq mablagʻ oʻgʻirlashgan. Bu tarixda internet orqali amalga oshirilgan eng yirik oʻgʻirlik boʻlishi mumkin.

Guruh rahbari asli ukrainalik Maksim Yakubets deyilmoqda. Maksim Yakubetsni Ukrainada ham Rossiyada ham koʻrishgan. U Lamborghini huracan avtomobilida yuradi. AQSH hukumati Yakubets haqida maʼlumot uchun 5 million dollar mukofot vaʼda qilgan. 

Asosiy mavzular