14:57 20 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Dunyoda
Havola olish
78910

Rossiya NATOga qoʻshilsa alyansni Vladivostokdan Lissabongacha xavfsizlik transatlantik tashkilotiga aylantiradi.

TOSHKENT, 6 dek - Sputnik. Rossiyaning NATOga qoʻshilishi alyansni Vladivostokdan Lissabongacha xavfsizlik transatlantik tashkilotiga aylantirish, yadroviy qurolsizlanish boʻyicha yangi muzokaralar istiqbolini yaratish, Vashington, Moskva va Pekin oʻrtasida uch tomonlama muloqotni oʻrnatish mumkin boʻladi. Bunday fikr bilan Germaniyaning Handelsblatt nashri oʻrtoqlashdi.

Maqola mualliflarining soʻzlariga koʻra, Donald Tramp NATOga Rossiyani taklif qilishi kerak.

AQSH prezidentida Rossiya-Amerika munosabatlarida yangi sahifani ochish, Rossiya ishtirokida "tinchlik alyansi"ni yaratishga qaratilgan "sharq siyosati"ni ishlab chiqish imkoniyati paydo boʻldi.

Bu Vashington va Moskvaga global xavfsizlik tizimidagi muvozanatni qayta taqsimlash jarayonini boshlash imkonini beradi. Yangi alyansni yaratilishi NATOni mustahkamlaydi, chunki Moskva endi "dushman" sifatida qabul qilinmaydi, balki Yevropa xavfsizligining kafolati boʻladi.

Nashr taʼkidlashicha, bunday siyosatning samaradorligi uchun Trampga oʻziga xos “norman formati” deb nomlanadigan dadil diplomatiya zarur boʻladi. Bunda Minsk kelishuvlarini bajarish majburiy boʻlishi kerak.

Mualliflar NATOning yangi shartnomasida Qoʻshma Shtatlar, Rossiya va Yevropa mamlakatlariga Yevropadan tashqarida xavfsizlik masalalari boʻyicha turli fikrlarga ega boʻlishga imkon beradigan bandni kiritish kerakligini tushuntirishdi.

Ular Bryussel yangi alyans poytaxti boʻlib qolishi kerak, ammo Rossiyada ikkinchi shtab qarorgohini tashkil qilish mumkin, degan fikr bildirdilar.

 

Asosiy mavzular