22:38 22 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Dunyoda
Havola olish
41110

Shifokor qishda soqol va moʻylov qoʻyish zarari haqida ogohlantirdi. Gripp va ORVI mavsumida erkaklar soqol yoki moʻylovini puxta parvarishlashi talab etiladi, - deydi Moskva tibbiy yordam koʻrsatish departamenti bosh mutaxassisi Andrey Tyajelnikov.

TOSHKENT, 6 dek - Sputnik. Gripp va ORVI mavsumida erkaklar soqol yoki moʻylovini puxta parvarishlashi talab etiladi yoki qirib tashlashi lozim, dedi Moskva aholiga dastlabki tibbiy koʻrsatish departamenti bosh mutaxassisi Andrey Tyajelnikov. RIA Novosti xabariga asosan.

Uning soʻzlariga koʻra, soqol hozir modaga kirgan, baʼzi odamlar soqol va moʻylov sovuqda issitadi deb oʻylaydi.

Mutaxassis taʼkidlashicha, soqol va moʻylov viruslar oʻchogʻi sifatida foydadan koʻra koʻproq zarar keltiradi.

Shifokorning soʻzlariga koʻra, inson soch tolasi filtrga oʻxshaydi, u bakteriyalarni oʻziga tortish va ushlab turish xususiyatiga ega. Namlik va issiqlik esa qalin sochlarda mikroorganizmalarni koʻpayishiga qulay sharoit yaratadi.

Ayniqsa qish mavsumida yuzda zararli bakteriyalar uchun xafli “inkubator” boʻlishi mumkin.

Soqol va moʻylov sababli kasal odamda kasallik qaytalashi mumkin. Soqol yoki moʻylovdagi viruslar quchoqlash, oʻpish va boshqa teginish orqali yuqishi mumkin, deb ogohlantirdi mutaxassis.

Asosiy mavzular