10:42 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Dunyoda
Havola olish
1331 0 0

Mazkur hodisa Mayami-Bichdagi “Art-Bazel” zamonaviy sanʼat koʻrgazmasida roʻy berdi. David Datuna oʻz harakatlarini “Och rassom” shousi deb atagan.

TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Amerikalik rassom David Datuna italiyalik Mauritsio Kattelanning asarini yeb qoʻydi. Mazkur hodisa Mayami-Bichdagi “Art-Bazel” zamonaviy sanʼat koʻrgazmasida roʻy berdi, deya yozadi Miami Herald portali.

Devorga skocht bilan yopishtirilgan eksponat, yaʼni banan mevasi ilgari frantsiyalik kollektsiya toʻplovchiga 120 ming dollarga sotilgan boʻlgan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot David Datuna (@david_datuna)

Datuta bananni yeb qoʻygan va buni “Och rassom” shousi deb atagan. Politsiya xodimlari uni koʻrgazma zalidan olib chiqishgan, biroq hibsga olishmagan.

Sanʼat asarini yangisiga almashtirishgan. Galereya direktori Lyusyen Terras asarni yoʻq qilib boʻlmaslikni aytgan, chunki “banan – bu gʻoya”.

Asosiy mavzular