Zelenskiy Putin bilan nima sababdan muzokaralar o‘tkazish mushkulligini aytdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Fransiyu
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Fransiyu  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Parijdagi “normand to‘rtligi” sammiti doirasida Ukraina va Rossiya prezidentlari ilk bor yuzma-yuz qarshilashishdi va alohida muzokaralar o‘tkazishdi.

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rahbari bilan bo‘lgan uchrashuvga baho berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Uning ta’kidlashicha, muzokaralar murakkab bo‘lgan va ajratilgan vaqtdan uzoqroq davom etgan. 20 daqiqaga mo‘ljallangan suhbat bir soatga cho‘zilgan.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Fransiyu  - Sputnik O‘zbekiston
“Normand to‘rtligi” Parijda nimalar haqida kelishib oldi?

Zelenskiyning so‘zlariga qaraganda, kelishib olish qiyin bo‘lgan, shunga qaramay ayrim masalalar yuzasidan kelishib olishgan. U Putin har savolga puxta va sinchkovlik bilan yondashishini va u bilan muzokaralar o‘tkazish qiyin ekanini ta’kidlagan.

“U har bir savol bo‘yicha bu savolni batafsil tekshiradi... va biz har bir so‘zni tartibga solishni boshlaymiz. Bu mushkul. Men shunchaki boshqa odamman, tez: men o‘ylagandimki, shart, shart gapirdik va kelishib oldik. Yo‘q, bu yerda boshqacha, boshqa tabiat biomexanikasi. Umuman olganda kelishib olish mumkinmi yoki yo‘q, siz bilan hali buni ko‘ramiz. Bugun ayrim yon berish holatlari bo‘ldi va buni his etdim”,  - degan Ukraina yetakchisi “normand to‘rtligi” sammiti yakunidagi brifingda.

Shuningdek, u Vladimir Putin bilan bo‘lgan uchrashuvni “durang” deb baholagan.

Eslatib o‘tamiz, Parijda Vladimir Putin, Vladimir Zelenskiy, Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya rahbari Emmanuel Makron ishtirokida “normand to‘rtligi” sammiti o‘z yakuniga yetdi. Sammit doirasida ikki tomonlama muzokaralar, jumladan, Putin va Zelenskiyning ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0