13:55 20 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Dunyoda
Havola olish
1203 0 0

Internetda AQShning nuqtali zarba berishga moʻljallangan yangi raketasi zarbasi oqibatlari aks etgan fotosuratlar paydo boʻldi.

TOSHKENT, 10 dek – Sputnik. Internetda AQShning yangi raketasi Suriyada jangarilar avtomobilga tekkanidan soʻng olingan fotosuratlar paydo boʻldi, RIA Novosti xabariga asosan.

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu zarba amerikaning yangi turdagi raketasi - "AGM-114R9X Hellfire" tomonidan berilgan. Ushbu raketaning asosiy xususiyati shundaki – u portlamaydi.

Uning norasmiy nomi "Katana" (xanjar) boʻlib, raketa nishonga yaqin kelganda, uning atrofida oʻtkir tigʻlar koʻtariladi. Katta tezlik bilan birga ushbu tigʻlar avtomobil yoki uy ichida boʻlgan tirik jonlarni yoʻq qiladi. Lekin zarba oqibatida yongʻin yoki portlash sodir boʻlmaydi, shu sabab raketa qurbonlari soni odatda 1-5 kishidan koʻp boʻlmaydi. 

Aksariyat hollarda ushbu raketa uchuvchisiz apparatlardan yoki vertolyotlardan uchiriladi.

Fotosuratlarda aks etishiga koʻra, xanjar-raketa bemalol avtomobil tomini teshib oʻtib uning ichida boʻlgan 3 kishini oʻlimiga sabab boʻlgan. Zarba aynan shu raketa yordamida berilganini avtomobil tomida qolgan kesish chiziqlaridan bilib olsa boʻladi.

Aytish joizki, amerikaliklar ushbu raketadan oldin ham foydalanishgan. Suriya hududida bir necha bor jangarilar ushbu raketa yordamida yoʻq qilingan edi.

Asosiy mavzular