11:17 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Dunyoda
Havola olish
762 0 0

Almazbek Atambayev jinoiy ish yuzasidan sud-psixiatriya ekspertizadan oʻtishi kerak. Biroq sobiq davlat rahbari bundan bosh tortmoqda.

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev sud-psixiatriya ekspertizadan oʻtishdan bosh tortdi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.

“U bosh tortdi. Uning bunday imkoniyati bor”, - degan sobiq davlat rahbarining advokati Zamir Jooshev.

Avvalroq Almazbek Atambayev va uning 15 nafar tarafdorlariga Koy-Tosh qishlogʻidagi garovga olish va ommaviy tartibsizliklar ishi yuzasidan sud-psixiatriya ekspertiza tayinlangani xabar qilingan edi.

Atambayev ilgari oʻzi figurant boʻlgan jinoyat ishi majlisiga kelishdan bosh tortgan edi. Oʻshanda uni sudga majburan olish kelishgan edi.

Mavzu boʻyicha

Atambayev yana bir jinoyatda gumon qilinmoqda - advokat
Grozin: Atambayev oʻzi uchun umrbod qamoq jazosini tilab oldi
Atambayev uyining shturm qilinishi — IIV kimni qoʻlga oldi va qanday jinoiy ishlar qoʻzgʻatildi
Teglar:
ekspertiza, Qirgʻiziston, Almazbek Atambayev

Asosiy mavzular