10:33 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Dunyoda
Havola olish
104610

Qirgʻizistonda 2020 yil 1 yanvardan uchinchi davlatlardan olib kiriladigan import avtomobillar uchun yangi bojxona stavkalari kuchga kiradi, ular amaldagi tariflardan sezilarli darajada yuqori.

Qirgʻizistonliklar yillar davomida oʻrganib qolgan yapon va nemis avtomobillar oʻrniga, endi boshqa muqobil yoʻllarini qidirmoqda.

Avtomobilni bojxonada rasmiylashtirishning ikkita usuli mavjud boʻlsa ham - soddalashtirilgan va umumiy usulda - yakuniy narx baribir yuqori boʻladi. Bu avtomobil shinavandalarini yanada foydali yoʻllarni izlashga majbur qiladi. Koʻpchilik Oʻzbekiston Qirgʻiziston Respublikasida ikkita avtomobil yigʻish zavodini ochishni rejalashtirayotganini esladi. Afsuski, hali bitta ham zavob paydo boʻlmagan.

Sputnik Qirgʻiziston bu loyihalar taqdirini oʻrgandi. Bu savollarga Investitsiyalarni ragʻbatlashtirish va himoya qilish agentligi direktori Shumkarbek Adilbek oʻgʻli javob berdi.

Direktor Agentstva po prodvijeniyu i zaщite investitsiy Shumkarbek Adilbek uulu
SPUTNIK / TABЫLDЫ KADЫRBEKOV
Direktor Agentstva po prodvijeniyu i zaщite investitsiy Shumkarbek Adilbek uulu

- Avtomobillarni olib kirishning yangi tariflari tasdiqlanishi munosabati bilan Oʻzbekiston hukumatining mamlakatimizda avtomobil yigʻish zavodlarini ochish haqidagi vaʼdasi nazarimizda juda dolzarb boʻlib qoldi. Bugun bu rejalar bilan ishlar qanday ketmoqda?

- Darhaqiqat, 2017 yilda Oʻzbekiston tomoni Qirgʻizistonda avtomobil va kir yuvish mashinalarini yigʻish zavodlarini ochish niyatini bildirgandi. Oʻsh viloyatida oʻtgan yili Artel qoʻshma korxonasi muvaffaqiyatli ish boshladi va kir yuvish mashinalarni chiqarmoqda. Ammo avtomobil yigʻish zavodlari bilan bogʻliq masala haligacha hal etilmadi, baʼzi muammolar mavjud.

Birinchidan, Oʻzbekiston tomoni uni soliqlardan ozod qilishni talab qildi. Ikkinchidan, qoʻshnilar davlat xaridlari paytida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mashinalar afzal koʻrilishini xohlashmoqda. Men ularni juda yaxshi tushunaman, chunki mahsulot ishlab chiqaradigan kishi xaridor topishni istaydi. Ammo amaldagi qonunlarga muvofiq, bunday muammolar bir kun ichida hal etilmaydi.

- Demak, biz tomonimizdan muammo chiqdi-mi?

- Ha va yoʻq. Shuni tushunish kerakki, Qirgʻiziston mustaqillikka erishgandan beri avtomobil yigʻish yoki ularni ishlab chiqaradigan zavodlar boʻlmagan. Ha Sovet Ittifoqi davrida mashinalar - faqat yuk mashinalar yigʻilgan. Bizda bu sohada birorta qonun yoʻq, shuning uchun biz avtomobillar Qirgʻizistonda yigʻilgan yoki ishlab chiqarilgan degan sertifikatlarni bera olmaymiz.

Siz bunga nima halaqit qilmoqda? deb soʻrashingiz mumkin. Qonun qabul qilinglar va yigʻishni boshlanglar... Lekin bir jihat bor: hatto shu yerda yigʻilgan texnika, bozorga Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan deb tushadi. “Qirgʻizistonda ishlab chiqarilgan” deb taʼkidlash uchun bu yerda ehtiyot qism va materiallarning kamida 50 foizini bu yerda ishlab chiqarilishi kerak, bugungi kunda bizda bunday imkoniyat yoʻq.

Bundan tashqari, texnikada “Qirgʻizistonda ishlab chiqarilgan” degan markirovka boʻlishi uchun har bir mashinaga VIN-kod (avtomobil identifikatsiya raqami) olish kerak. Buning uchun xalqaro talablar asosida roʻyxatdan oʻtish kerak. Barcha hujjatlar tayyorlanadigan boʻlsa ham, ularni tasdiqlash uchun ancha vaqt kerak. Bugungi kunda Iqtisodiyot vazirligi va boshqa idoralar ushbu yoʻnalishda faol ish olib bormoqda.

-  Demak, yaqin vaqtda avtomobil bozorda vaziyat oʻzgarmaydimi?

-  Respublikaga oʻz avtomobil sanoatiga ega boʻlish foydali boʻlmagan, umid qilaman, bu masala oldinga siljish boʻladi.

- Oʻzbekiston avtomobilsozlari bilan davlat hamkorlik qiladimi?

-   Biz "Oʻzavtosanoat" uyushmasi bilan muzokaralar oʻtkazdik, shundan keyin mahalliy ishbilarmonlar topildi. Davlatda hozircha bunday ishlab chiqarishga "qoʻshilish" imkoniyati yoʻq.

- Endi boshqa sohalardagi investitsiyalar haqida. YEOIIga qoʻshilishdan Qirgʻiziston qanday foyda oldi?

- Ittifoqqa kirgandan soʻng, Qirgʻiziston baʼzi mamlakatlarda qiziqish uygʻotdi. Rossiyalik va qozogʻistonlik ishbilarmonlar respublikamizga faol ravishda sarmoyalar kiritishni boshladi, import tovarlari ham koʻpaygan.

Boshqa tomondan, biz qancha koʻp import qilsak, shuncha koʻp pul respublikani tark etadi. Aynan shu narsa bizning tadbirkorlarni ragʻbatlantiradi - ular tashqi bozorga chiqishga, eksport sohalarida oʻz oʻrnini egallashga harakat qilmoqdalar. Davlat tomonidan ham yordam koʻrsatilmoqda, ammo hozircha bu harakatlar yetarli emas. Bugungi kunda ishbilarmonlar har tomonlama va maqsadli yordamga muhtoj.

Asosiy mavzular