10:20 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
57910

Qolaversa, Chavushoʻgʻli Turkiya Rossiya qiruvchilarini Amerikaning F-35 samolyotlari muqobili sifatida koʻrib chiqayotganini taʼkidlagan.

TOSHKENT, 11 dek — Sputnik. Agar Vashington Anqaraga qarshi Rossiyaning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi S-400ni xarid qilganligi tufayli sanktsiya joriy etsa, Turkiya javob choralarini qabul qiladi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushoʻgʻli maʼlum qildi.

“Eng yomon snetsariyni baholaymiz va qaror qabul qilamiz. Agar Turkiyaga qarshi sanktsiya kiritsa, kun tartibiga Injirlik (Turkiya janubidagi Amerika bazasi – tahr.) va Kyurejik bazalariga oid masalalar chiqishi mumkin”, - deya vazir soʻzlaridan keltiradi RIA Novosti.

Qolaversa, Chavushoʻgʻli Turkiya Rossiya qiruvchilarini Amerikaning F-35 samolyotlari muqobili sifatida koʻrib chiqayotganini taʼkidlagan. Agar AQSH yetkazib berishdan bosh tortsa, shunday ham boʻlishi mumkin.

“AQSH barcha takliflarimizga rad javobini bermoqda. Agar AQSH ijobiy munosabat bildirsa, biz ham shunday javob qaytaramiz. Biroq F-35 sotib ololmasak, demak, muqobilini izlaymiz. Bu Rossiya bozori ham, boshqasi ham boʻlishi mumkin”, - deb qoʻshimcha qilgan Chavushoʻgʻli.

Avvalroq u Rossiya S-400 tizimlarini sotib olish siyosiy masala emaslinini maʼlum qilgandi. Zero Turkiya bunga qadar AQSH va Frantsiyaga ulardan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini sotib olish taklifi bilan murojaat qilgan edi. Biroq ular rozi boʻlishmagan.

Teglar:
Mavlud Chavushoʻgʻli, S-400, Turkiya

Asosiy mavzular