02:42 28 Yanvar 2020
Efir
  • RUB153.89
  • EUR10541.66
  • USD9563.33
Dunyoda
Havola olish
1184 0 0

Yaponiya muxolifati vakillari Rossiya Kuril orollarining butun tizmasini qaytarishi kerakligini aytdi. Rossiya Federatsiya kengashi va Davlat dumasida bu bayonotga munosabat bildirishdi.

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Yaponiya tomonining Kuril orollari masalasini hal qilishga oid navbatdagi bayonotlari bu mamlakat bilan tinchlik shartnomasini tuzishdan uzoqlashtiradi, xolos. Bunga rossiyalik senator Frants Klintsevichning ishonchi komil.

Ilgariroq Yaponiya Kommunistik partiyasi vakili Kadzuo Sii Tokio barcha Kuril orollariga egalik qilish huquqiga ekanini maʼlum qilgandi. Shuning uchun San-Frantsiskoda imzolangan tinchlik shartnomasini adolatli deb boʻlmaydi.

“Yaponiya Kommunistik partiyasi raisi Kadzuo Sii bayonotlarini jiddiy qabul qilmaslik kerak. U, fikrimcha, avvalo partiya reytingini mamlakat ichida koʻtarish maqsadida aytilgan”, - deya maʼlum qildi Klintsevich RIA Novostiga.

U Rossiyada Kuril mamlakatning ajralmas qismi ekaniga shubha yoʻqligini qoʻshimcha qilgan, bu mavzuda oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanish oʻrinsiz.

Oʻz navbatida, Rossiya Federatsiyasi kommunistik partiyasi deputati Dmitriy Novikov Tokioning  ayrim masalalar boʻyicha pozitsiyasi va kollektiv xavfsizligi boʻyicha erishilgan kelishuvlarning buzilishini hisobga olgan holda bu mavzuga qaytishning maʼnosi yoʻqligini aytdi.

“Bu munozaraga qaytishning hach qanday maʼnosi yoʻq. Ikkinchi jahon urishi yakunlashini bilan koʻrib chiqilgan barcha masalalar kelajak uchun kollektiv xavfsizlik nuqtai nazaridan koʻrib chiqilgan. Insonlar nafaqat oʻtmishga tayanishgan, hech kimdan qasos olishmoqchi boʻlishmagan, balki yangi tahdidlardan himoya qiladigan shunday xalqaro munosabatlar tizimini qurishmoqchi boʻlishgan. Kelishuvlarning bir qismi buzilganda Yaponiya hududida hozirgacha tugatilmagan amerika bazalari paydo boʻldi. Bu umuman bu masala toʻgʻrisidagi suhbatning har qanday maʼnosidan mahrum qiladi”, - dedi parlamentariy RIA Novosti bilan suhbatda.

Rossiya va Yaponiya oʻrtasida bu borasida tinchlik shartnomasini tuzish koʻp yillardan buyon davom etib keladi. Buni tezlashtirishga Vladimir Putin va Yaponiya bosh vazirining 2018 yildagi uchrashuvi navbatdagi turtkini berishi kerak edi. Oʻshanda rasmiy Tokio imzolash jarayonini tezlashtirish istagini bildirdi, lekin mamlakatlar haligacha oʻzaro qabul qilinadigan qarorga kelishmagan.

Mavzu boʻyicha

Yaponiya Kuril orollarida mashgʻulot oʻtkazgani uchun Rossiyaga protest bildirdi
Putin Kuril orollari haqida: sotadigan narsamiz yoʻq
Abe Putin bilan Kuril orollari boʻyicha muzokaralarni tezlashtirmoqchi – OAV
Teglar:
Kuril orollari, Yaponiya, Rossiya

Asosiy mavzular