16:47 05 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
139820

Bild nashri yozishicha, Germaniya kantsleri Angela Merkel AQSH tomonidan oʻzi qoʻllab-quvvatlagan “Shimoliy oqim-2” loyihasini puchga chiqaradigan choralarga toqat qilmaydi.

TOSHKENT, 20 dek – Sputnik. Germaniyaning Bild tabloidi yozishicha, Germaniya kantsleri Angela Merkelning “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanktsiyalar uchun AQShga nisbatan  javob choralarini qoʻllash haqida bayonoti haqiqiy urush eʼlon qilish boʻldi.

Merkel oʻz bayonotida, AQSH sanktsiyalariga qarshi ekanligi, Vashingtonga javob choralarini “qatʼiy muhokama” qilayotganligini maʼlum qildi. Bild yozishicha, haqiqatdan mamlakat rahbari AQSH prezidenti Donald Trampga urush eʼlon qildi

Jurnalistlar Merkel AQShga oʻz noroziligi “aniq tushunarli soʻzlar” bilan aytilganligiga eʼtibor qaratishdi.

“Merkel oʻzi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan gaz quvuri loyihasini AQSH tomonidan puchga chiqarishiga toqat qilmaydi”, - deb yozilgan maqolada.

Maqolada bayon etilishicha, “Shimoliy oqim-2” qurilishiga hech qanday choralar bilan toʻxtatib boʻlmaydi va tez orada gaz quvuri ishga tayyor boʻladi.

Federalnыy kantsler Germanii Angela Merkel
© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy

Eslatib oʻtamiz, dekabr oyi boshida AQSH 2020 yilgi mudofaa byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasida Rossiyaning “Shimoliy oqim-2” gaz quvuriga qarshi sanktsiyalarni kiritgan edi.

Yevropa mamlakatlari, ayniqsa Germaniya, Vashingtonning bu boradagi pozitsiyasiga qoʻshilmadi.

Xususan, Germaniya Amerika cheklovlarini haqoratli deb aytdi va qator siyosatchilar AQShga qarshi javob choralarini koʻrishga chaqirishdi.

“Shimoliy oqim-2” gaz quvuri Rossiyadan Germaniyaga Boltiq dengizi orqali oʻtadi.

Loyihaga koʻra, gaz quvurining ikki tarmogʻi uzunligi 2,4 ming kilometrdan oshadi. “Shimoliy oqim-2” Rossiya, Germaniya, Daniya, Finlyandiya va Shvetsiyaning hududiy suvlari orqali utadi.

Asosiy mavzular