14:02 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
733 0 0

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili 22 trillion dollar davlat qarziga ega AQSH boshqa mamlakatlarga iqtisodiyotini rivojlantirishiga yoʻl bermaslikka urinayotganini qayd etgan.

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQShning “Shimoliy oqim-2” gaz quvurlariga qarshi sanktsiyalariga munosabat bildirdi.

Zaxarova AQSH 22 trillion dollar davlat qarziga ega boʻla turib, boshqa mamlakatlarga iqtisodiyotini rivojlantirishni taqiqlashga urinayotgani qayd etgan.

“22 trillion dollar davlat qarziga ega davlat qarzini toʻlashga qodir mamlakatlarga oʻz iqtisodiyotining real sektorini rivojlantirishni taqiqlamoqda!”, - deya yozgan u Facebook᾽dagi sahifasida.

Zaxarovaning taʼkidiga koʻra, AQSH jahon maydonida raqobatga bardosh berishga qodir emas.

Shuningdek, u tez orada nafas olishni toʻxtatishni talab qilishlarini kinoya qilgan.

“Koʻpchilik bajaradi axir”, - deya xulosa qilgan Rossiya TIV rasmiy vakili.

Kuni kecha AQSH prezidenti Donald Tramp 2020 yil uchun mudofaa byudjeti qonuniga imzo chekdi. Loyihaga Rossiyaning “Shimoliy oqim-2” gaz quvuriga qarshi sanktsiyalari ham kiritilgan.

Mavzu boʻyicha

Bloomberg: AQSH “Shimoliy oqim-2” boʻyicha choralar befoyda ekanini tan oldi
Yevroparlament "Shimoliy oqim — 2"ni toʻxtatishga yeng shimarmoqda
Bundestag Nord Stream 2 tufayli AQShga "taslim boʻlganini" eʼlon qildi
Teglar:
AQSH, gaz quvuri, Shimoliy oqim-2, Mariya Zaxarova

Asosiy mavzular