01:23 11 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
160910

Sooronbay Jeenbekov Sankt-Peterburgda YEOII hamda MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi.

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Qirgʻiziston prezidentining TU-154M  (bort №1) samolyoti texnik muammolar tufayli Sankt-Peterburg shahridan uchib keta olmadi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, samolyot dvigatellaridan biri ishga tushmagan. Shuning uchun delegatsiyaning bir qismi va prezident tunda yoʻlovchi samolyot bilan Moskvaga uchgan, keyin u yerdan Bishkekka uchib ketgan.

Hozirda samolyot tuzatilgan va delegatsiyaning qolgan qismi unda Qirgʻizistonga uchadi.

20 dekabr kuni Sooronbay Jeenbekov Sankt-Peterburgda Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida, soʻngra MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi.

Qirgʻiziston prezidenti Tu-154Mda uchadi. U 1993 yilda ishlab chiqarilgan.

Teglar:
samolyot, Qirgʻiziston, Soronbay Jeenbekov

Asosiy mavzular