03:07 01 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
1014 0 0

Rossiya tashqi ishlar vaziri hech qachon amerikalik siyosatchilar shunday qaror qabul qilishgacha borishlarini oʻylamaganini taʼkidlagan.

TOSHKENT, 22 dek – Sputnik. Rossiya Amerikaning yangi sanktsiyalariga javob qaytaradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov maʼlum qildi.

“Sanktsiyalarga biz javob qaytaramiz, lekin shunday qilamizki, oʻzimizga zarar yetmasin. Biroq biz aniq javob qaytaramiz. Va albatta, barcha munosabatlarimizni yoʻlga qoʻyishda buni hisobga olamiz”,  - dedi Lavrov Perviy kanalning “Bolshaya igra” koʻrsatuvi davomida.

Lavrov hech qachon amerikalik siyosatchilar shunday qaror qabul qilishgacha borishlarini oʻylamaganini taʼkidlagan.

“Men uchun bu tushunish juda mushkul boʻlgan vaziyat, chunki aksariyat bu kongress aʼzolari, Vakillar palatasi aʼzolari, avvalo Demokratik partiya senatorlarini men sirtdan yoki bevosita taniyman”, - deya qayd etgan Rossiya TIV rahbari.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Mariya Zaxarova ham AQShning “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanktsiyalarini tanqid qilgani xabar qilingan edi.

Mavzu boʻyicha

Merkel “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanktsiyalar uchun AQShga urush eʼlon qildi - Bild
“Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanktsiyalar Yevropa manfaati yoʻlida qabul qilindi – AQSH elchisi
Zaxarova AQShning “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanktsiyalarini tanqid qildi
Bloomberg: AQSH “Shimoliy oqim-2” boʻyicha choralar befoyda ekanini tan oldi
Teglar:
sanktsiyalar, AQSH, Lavrov, Shimoliy oqim-2

Asosiy mavzular