22:56 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
386 0 0

Rossiya Ukraina bilan oʻzaro cheklovlarni olib tashlash borasida muzokaralar oʻtkazishni boshlashi mumkin. Biroq bir shart bor.

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Rossiya Ukraina bilan oʻzaro cheklovlarni olib tashlash borasida muzokaralar oʻtkazishni boshlashi mumkin, bashartiki, Kiyev bunday tashabbus bildirsa. Bu haqda RIA Novosti Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev soʻzlariga asoslangan holda xabar qildi.

Medvedevning soʻzlariga qaraganda, hozirda ikki davlat Vazirlar mahkamasi darajasidagi aloqalar toʻxtatib qoʻyilgan.

“Hozir aloqalarimiz toʻxtatib qoʻyilgan (Rossiya va Ukraina hukumati rahbarlari oʻrtasida – tahr.), tabiiyki, qoʻngʻiroqlashmaymiz va yozishib turmaymiz”,  - dedi Medvedev.

Biroq u Rossiya bosh vazir oʻrinbosari Dmitriy Kozak ukrainalik hamkasbi bilan gaz masalasi boʻyicha muloqot qilganini eslatdi. Shuningdek, ikki davlat energetika vazirlari muloqot qilishmoqda.

“Men hech narsani istisno qilmayman: istasalar – marhamat. Biz hamisha ularga aytganmiz: istasangiz, hatto ikki tomonlama sanktsiyalar toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishga tayyormiz, lekin buning uchun siz tomondan qandaydir tashabbus boʻlishi lozim, chunki sanktsiyalarni birinchi boʻlib siz kiritgansiz”, - deya tushuntirdi Rossiya bosh vaziri.

Kiyev Mosvaga qarshi sanktsiyalarni 2014 yil bahorida Qrimning Rossiya tarkibiga qoʻshilgani hamda Donbassda mojaro boshlanishi sabab kiritishni boshladi. Rossiya ham javob choralari koʻrdi. Oʻshandan buyon oʻzaro cheklovlar chorasi bir necha marta kengaytirildi.

Mavzu boʻyicha

Medvedev Kiyev bilan gaz bitimini tuzishning asosiy shartlarini aytdi
Ukraina Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni kengaytirdi
Ukraina rossiyalik erkaklarni mamlakatga kirishini taqiqladi
Teglar:
sanktsiyalar, Ukraina, Rossiya, Medvedev

Asosiy mavzular