06:43 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
407 0 0

Shveytsariya kompaniyasi AQSH sanktsiyalari tufayli “Shimoliy oqim-2” qurilishida ishtirok etgan kemalarini qaytarib oldi. Bunga Yevropaning loyihadan manfaatli mamlakatlari javob bera oladimi, deb taxmin qildi ekspert Stanislav Bыshok Sputnik radiosiga.

“Shimoliy oqim-2" ni qurilishida ishtirok etgan Shveytsariya Allseas kompaniyasi Boltiq dengizidagi kemalarini qaytardi, deya xabar beradi Bloomberg, kompaniya vakiliga asoslanib. Agentlik xabarini RIA Novosti keltirgan.

Bunga AQShning Rossiya gaz quvurlariga qarshi sanktsiyalari sabab boʻlgan. Qurilish qancha vaqtga qoldirilgani nomaʼlum.

Shu bilan birga, Germaniya hukumati AQShning sanktsiyalariga qaramay, loyiha muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonmoqda, deb xabar beradi SueddeutscheZeitung hukumat doiralariga tayanib.

Gazetaning yozishicha, Berlinning pozitsiyasi oʻzgarishsiz qolmoqda. Bundan tashqari, loyiha operatori NordStream-2, qurilishni iloji boricha tezroq tugatish niyatida ekanligini aniq koʻrsatdi.

Germaniya gaz quvurining imkon qadar tez qurib bitkazilishidan bevosita manfaatdordir, deydi Stanislav Bыshok, CIS-EMO xalqaro monitoring tashkiloti ijrochi direktori.

"Bir tomondan, diversifikatsiyalangan energiya bozoriga ega boʻlish Germaniyaning manfaatlariga mos keladi. Boshqa tomondan, Yevropa elitasining prezident Trampdan oʻz siyosatini olib borishidan maʼlum darajada noroziligi mavjud. Bu masalada Trampga qarshi turish - Yevropaning ham oʻz nuqtai nazari borligini koʻrsatish va Yevropani AQShning chizgan chizigʻidan yurishiga majbur emasligini koʻrsatishga urinishdir. Bundan tashqari, Yevropa Rossiya bilan sanktsiyaviy toʻqnashuvlardan charchadi va "Shimoliy oqim-2" jiddiy infratuzilmaviy loyihadir", - dedi Stanislav Bыshok Sputnik Radiosiga.

Uning fikricha, yechim albatta topiladi.

"Gap Germaniya energiya xavfsizligining global muammosi borasida ketyapti. Bundan tashqari, muammo yechilish arafasida. Menimcha, Germaniyada va Yevropaning asosiy davlatlarida qaror qabul qilinadi va u albatta biron bir tarzda amalga oshiriladi: yoki Shveytsariya kompaniyasi oʻz majburiyatlarini oxirigacha bajaradi yoki boshqa pudratchi topiladi", deydi Stanislav Bыshok.

AQSH bundan oldin “Shimoliy oqim-2” va “Turk oqimi” quvurlariga sanktsiyalar kiritgan va qurilish kompaniyalaridan zudlik bilan ishni toʻxtatishni talab qilgan.

Stanislav Bыshokning soʻzlariga koʻra, bu xalqaro miqyosda biznes yuritishda yangi soʻz.

"Bu xalqaro biznes tarixidagi yangi bosqich - biznes loyihasiga “bu loyiha Rossiya tomonidan siyosiy manipulyatsiya boʻlishi mumkin” degan uydirma sabablar bilan sanktsiyalarni kiritish. Bu misli koʻrilmagan yangi tarixiy voqea", dedi Stanislav Bыshok.

"Shimoliy oqim-2" loyihasi Rossiya qirgʻoqlaridan Boltiq dengizi orqali Germaniyaga qadar, umumiy quvvati yiliga 55 milliard kubometr gazni tashkil etadigan ikkita gaz quvurini qurishni oʻz ichiga oladi. Yevropaning yirik kompaniyalari loyihaning ishtirokchilari hisoblanadi.

Asosiy mavzular