TOSHKENT, 25 dek — Sputnik. Eron Suriyaga mamlakatda noqonuniy boʻlib turgan Amerika qoʻshinlarini olib chiqishda yordam berishga tayyor. Bu haqda Eron oliy yetakchisining maslahatchisi Ali Akbar Viloyatiy RT Arabic telakanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
U AQSH Suriya neftlarini oʻgʻirlab kelayotgani, prezident Donald Tramp esa Suriya xalqining qarshiligiga qaramasdan uni tunab kelayotgani va “xalqaro oʻgʻri” ekanini taʼkidlagan.
“Biz Suriya hukumatining iltimosiga javoban va imkonimiz qadar Amerika qoʻshinlarini olib chiqishda yordam koʻrsatishga tayyormiz”, - degan Viloyatiy.
Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Turkiyaning Suriya shimoliy-sharqidagi harbiy amaliyoti fonida ushbu mintaqadan qoʻshinlarning katta qismini olib chiqib ketgan edi. Amerikalik harbiylar mamlakatning janubi va sharqida kam sonda qolgan. Pentagonning bayonotlariga koʻra, ular mahalliy kurd qismlariga neft konlarini qoʻriqlashda yordam berib kelmoqda.
Suriya prezidenti Bashar Asad AQSH egallab olgan Suriyadagi konlardagi neftni Turkiyaga sotib kelayotganini maʼlum qilgan edi.
AQSH va uning ittifoqchilari 2014 yildan buyon Suriyada mamlakat ruxsatisiz harbiy amaliyot oʻtkazib kelishadi. Eron harbiy maslahatchilari Suriyada hukumat taklifiga binoan boʻlib turishibdi.