01:15 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
93001

Qirgʻiziston prezidenti sobiq davlat rahbari Almazbek Atambayevning hibsga olinishiga munosabat bildirdi va uning taqdirini sud hal qilishini qayd etdi.

TOSHKENT, 25 dek — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov sobiq davlat rahbari Almazbek Atambayevning hibsga olinishiga munosabat bildirdi, deya yozadi Sputnik Qirgʻiziston.

“Bu oson emas. Men prezident boʻldim va biror marta uning ommaviy hujumlariga munosabat bildirmadim. Men uchun davlat yaxlitligi muhimroq. Oʻzingiz baho berasiz. Mamlakatni ajratish, hokimiyatni egallashga chaqiriqlar boʻldi.  Men uning oʻzi toʻxtashini kutdim, lekin Atambayev barchani boshi berk koʻchaga kiritib qoʻydi. Endi hammasini qonun hal qiladi. Bu savol mening vakolatimga kirmaydi. Hammasini ikkalamiz birgalikda hal qilishimiz mumkin boʻlgan chegara allaqachon bosib oʻtilgan ”, - dedi Jeenbekov matbuot anjumanda.

Qirgʻiziston rahbari insonlar guruhi manfaatlarini emas, balki xalq manfaatlarini himoya qilishini aytgan. Prezident Xudodan qoʻrqishi va toʻgʻri ishlashga harakat qilishini qoʻshimcha qilgan.

Atambayevning hisbga olinishi

7 avgust kuni kechqurun Koy-Tash qishlogʻida Atambayevni qoʻlga olish boʻyicha amaliyot amalga oshirildi, ammo u uning tarafdorlari tomonidan yoʻqqa chiqarildi. 8 avgust kuni huquq tartibot organlari takroriy amaliyotni amalga oshirdilar, oqibatda siyosatchi taslim boʻldi. Xuddi shu kuni 26 avgust sanasiga qadar Atambayevni GNKB SIZOsida qoldirish qarori qabul qilindi. Shuningdek, uning bir necha tarafdorlari ham hibsga olingan. Hozirda Atambayevga qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblovlar qoʻyilgan.

Asosiy mavzular