20:04 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
55701

Qirgʻizistonda qonundagi oʻgʻri Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi boʻyicha sayyor sud majlisi yana qoldirildi.

TOSHKENT, 26 dek — Sputnik. Qirgʻiziston Respublikasi milliy xavfsizlik qoʻmitasi (GKNB) binosidagi qonundagi oʻgʻri Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi boʻyicha sayyor sud majlisi yana qoldirildi. Bu haqda Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning advokati Sergey Slesarev maʼlum qildi.

“Majlis gumon qilinuvchilardan biri akademik Abduhalim Raimjonovning ahvoli yomonlashgani tufayli koʻchirildi. Bundan tashqari, majlis boshida Atambayev norozilik belgisi sifatida sud belgilangan joydan yana oʻrnidan turib ketdi”, - deya Slesarev soʻzlaridan keltiradi Sputnik Qirgʻiziston.

Advokat majlis 2020 yil 9 yanvar kuniga qoldirilgani va u yana GKNB binosida boʻlib oʻtishini qoʻshimcha qildi. Majlislarni Birinchi may tuman tuman sudida oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma kelib tushgan. Biroq ushbu masalani koʻrib chiqish keyingi sud majlisiga qoldirilgan.

Teglar:
sud, Qirgʻiziston, Atambayev

Asosiy mavzular