Eron oliy yetakchisi general Sulaymoniy o‘limi uchun AQShdan qasos olishga va’da berdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishVerxovniy rukovoditel Islamskoy Respubliki Iran Sayed Ali Xamenei
Verxovniy rukovoditel Islamskoy Respubliki Iran Sayed Ali Xamenei - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pentagon Iroq aeroportiga Donald Tramp farmoyishiga asosan aviazarba berilganini ma’lum qildi. Zarba oqibatida Islom inqilobi soqchilari korpusining “Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni - general Qosim Sulaymoniy halok bo‘ldi.

TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiy Islom inqilobi soqchilari korpusining (IISK) “Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni - general Qosim Sulaymoniy o‘limi uchun qasos olishga va’da berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Qo‘llarida uning (Sulaymoniyning – tahr.) va boshqa shahidlarning qoni qolganlarni qat’iy qasos kutib turibdi”, - deyiladi general o‘limi sababli uch kunlik motam e’lon qilgan Xomanaiy bayonotida.

Bashnya Azadi, postroyennaya na odnoimennoy ploshadi v Tegerane - Sputnik O‘zbekiston
Eron TIV AQShning Iroqdagi zarbasini terrorizm deb atadi

Qosim Sulaymoniyning o‘limi

“Quds” maxsus bo‘linmasi rahbari Qosim Sulaymoniy 2-yanvar kuni o‘ldirildi. U bilan birga Iroqning “Al-Hashd ash-Sha’biy” shia guruhining bir necha yetakchilari halok bo‘ldi.

Pentagon Iroq aeroportiga Donald Tramp farmoyishiga asosan aviazarba berilganini ma’lum qildi. Vashington halok bo‘lgan Sulaymoniyni AQShning Iroqdagi elchixonasi va koalatsiya bazasiga uyushtirilgan hujumlarga aloqador deb hisoblaydi.

Eron TIV rahbari Muhammad Javad Zarif IISK generali o‘limini “xalqaro terrorchilik akti” deb atadi.

Yangiliklar lentasi
0