Ramzan Qodirov general Sulaymoniyning o‘ldirilishiga munosabat bildirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishGlava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov
Glava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Checheniston rahbari Amerikaning Iroqdagi zarbasi oqibatida Eronning “Quds” maxsus bo‘linmasi rahbari Qosim Sulaymoniy o‘ldirilishi yuzasidan munosabat bildirdi.

TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Checheniston rahbari  Ramzan Qodirov amerikalik harbiylar tomonidan Eron generali Sulaymoniyning o‘ldirilishiga munosabat bildirdi.

“AQSh xatti-harakatlari Yaqin Sharqda kutib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu hech kimni befarq  qoldira olmaydi”, - deb yozgan Qodirov telegram kanalida.

Eronning “Quds” maxsus bo‘linmasi rahbari Qosim Sulaymoniy AQShning Bag‘dod xalqaro aeroporti hududidagi aviazarbasi oqibatida payshanbadan jumaga o‘tar kechasi o‘ldirildi. Sulaymoniyni o‘ldirish to‘g‘risidagi farmonni shaxsan AQSh prezidenti Donald Tramp bergan.

Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Ramzan Qodirov al-Bag‘dodiyning o‘limi haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiy general Sulaymoniy o‘limi uchun AQShdan qasos olishga va’da berdi. Eron TIV rahbari Muhammad Javad Zarif general o‘limini “xalqaro terrorchilik akti” deb atadi. Sulaymoniyning davom ettiruvchisi Ismoil Qa’aniy esa Yaqin Sharq hududida AQSh fuqarolarini o‘ldirishga va’da berdi.

Rossiya TIV Sergey Lavrov AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoga Amerika o‘zining xatti-harakati bilan xalqaro huquqlarni buzganini ma’lum qildi. Rossiya va Fransiya prezidentlari Vladimir Putin va Emmanuel Makron ushbu vaziyatdan tashvishda ekanliklarini ma’lum qilishdi va bu mintaqadagi vaziyatni keskinlashtirishi mumkinligini ta’kidlashdi.

Sulaymoniyning o‘ldirilishi Bag‘dod, Damashq va Anqarada ham qoralandi.

Yangiliklar lentasi
0