14:20 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
AQSH – Eron mojarosi (36)
84420

Iroq parlamenti "Islom davlati"ga qarshi kurash toʻgʻrisidagi koalitsiya bitimini bekor qilish va mamlakatdan xorijiy qoʻshinlarni olib chiqilishiga ovoz berdi.

TOSHKENT, 5 yanv – Sputnik. Iroq parlamenti "Islom davlati"*ga qarshi kurash koalitsiya bitimini bekor qilish va mamlakatdan xorijiy qoʻshinlarni olib chiqilishiga ovoz berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Bundan avval bundan taklif bilan Iroq Respublikasi bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Odil Abdul Mahdi chiqish qilgandi.

Uning soʻzlariga koʻra, bu AQSH va boshqa davlatlar bilan munosabatlarni qayta isloh qilish, shuningdek suverenitetni hurmat qilish va ichki ishlarga aralashmaslik asosida doʻstona munosabatlarni saqlashga yordam beradi.

Bundan avval AQSH koalitsiyasi Iroqda harbiy oʻquv mashgʻulotlarni toʻxtatgandi.

Iroqdagi namoyishlar va Sulaymoniy oʻldirilishi

Bagʻdodda 31 dekabr kuni, namoyishchilar AQSH elchixonasini shturm qilishga harakat qilganda vaziyat keskinlashdi. AQSH dronlari zarbasi oqibatida halok boʻlganlar - “Kataib Hezbollah” shia guruhi aʼzolarining dafn etish marosimidan soʻng norozilik aktsiyasi boshlandi. Harbiylar koʻzni achituvchi gazni qoʻlladi, birinchi yanvar kuni hujumlar toʻxtadi.

Iroq prezidenti Barham Solih namoyishchilarning AQSH elchixonasiga qilgan hujumlarini qoraladi va bunday harakatlarni “Iroqning oʻz suverenitetiga hujum” deb atadi.

3 yanvar kuni “Quds” maxsus boʻlinmasi qoʻmondoni, general Qosim Sulaymoniy hamda Iroqdagi shia harbiy guruhlari qoʻmondoni Abu Mahdiy al-Muhandis Bagʻdoddagi xalqaro aeroport yaqinida amerikalik harbiylarning raketa zarbasi oqibatida halok boʻldi.

Vashington Sulaymoniyni AQShning Iroqdagi elchixonasi va koalatsiya bazasiga uyushtirilgan hujumlarga aloqador deb hisoblamoqda.

Iroq Tashqi ishlar vazirligi general Sulaymoniyga qarshi operatsiyani mamlakat suverenitetini buzish deb baholadi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot.

Mavzu:
AQSH – Eron mojarosi (36)

Asosiy mavzular