Iroq AQSh harbiylarini mamlakatdan olib chiqish mexanizmini tayyorlashga kirishdi

© Sputnik / Denis Aslanov / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie SShA.
Voyennoslujashie SShA. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iroq hukumati AQSh qo‘shinlarini olib chiqish mexanizmini tayyorlashni boshladi, deb ma’lum qildi mamlakat qurolli kuchlari bosh qo‘mondonining vakili Abdil Karim Half.

TOShKENT, 6 yanv — Sputnik.  Iroq hukumati AQSh qo‘shinlarini olib chiqish mexanizmini tayyorlashni boshladi, deb ma’lum qildi mamlakat qurolli kuchlari bosh qo‘mondonining vakili Abdil Karim Half. RIA Novosti xabariga asosan.

Amerikanskiy morskoy pexotines na territorii posolstva SShA v Bagdade, Irak. 4-yanvarya 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Iroq parlamenti mamlakatdan xorijiy harbiylarni olib chiqilishi uchun ovoz berdi

“Xalqaro koalitsiyaning Iroqdagi faoliyati faqat maslahatlashuvlar, qurollanish va harbiy mashqlar bilan cheklanadi, qurolli kuchlar esa Iroqdan chiqib ketadi. <…> Amerikaliklarning so‘nggi zarbasi – ahmoqgarchilik, unga nisbatan jim turish mumkin emas”, - dedi Half. Uning chiqishini "Al-Jazira" telekanali namoyish qildi.

U ta’kidlashicha, "Iroq hukumati xalqaro koalitsiya kuchlarining quruqlik va havo harakatini cheklab qo‘ygan va ularning boshqa joyga ko‘chishiga yo‘l qo‘ymaydi”.

Halfa so‘zlariga ko‘ra, Vashington Iroq qurolli kuchlari bosh qo‘mondonligiga o‘z amaliyotlari haqida xabardor qilmagan.

AQSh 29-dekabr kuni Iroq va Suriyadagi shialarning “Kataib Hizbullah” guruhi obyektlariga zarba berdi.

Pentagon bayonotiga ko‘ra, bu zarba guruh tomonining Kerkuk yaqinidagi Iroq bazasiga hujumiga javob bo‘lib, unda AQSh fuqarosi halok bo‘lgan va to‘rt nafar amerikalik harbiy jarohat olgan.

Shundan so‘ng shialar Bag‘doddagi AQSh elchixonasini shturm qilishni boshladi.

AQSh eronlik general Qosim Sulaymoniyni o‘ldirilishi bilan javob berdi, ular bu aksiyalarni tashkilotchisi deb hisoblashdi.  

Protestuyushie s fotografiyami ubitogo generala KSIR Kasema Suleymani i prezidentom Xassanom Rouxani, 3-yanvarya 2020 goda - Sputnik O‘zbekiston
Eronlik generalning o‘ldirilishi AQShning zaifligini ko‘rsatmoqda

Bag‘dod bu hujumni AQSh harbiy kuchlarining Iroqda joylashtirish shartlarining buzilishi deb baholadi.

Iroq parlamenti hukumatdan Amerika qo‘shinlarini olib chiqilishini talab qildi. Shundan so‘ng, AQSh prezidenti Donald Tramp Iroq tomondan AQShga nisbatan dushmanlik harakatlari qilinsa, AQSh sanksiyalar bilan tahdid qildi.

“Agar ular bizdan ketishni so‘rashsa va buni dushmanlarcha amalga oshirishsa, biz ularga qarshi umrlarida ko‘rmagan sanksiyalarni kiritamiz. Eronga qarshi kiritgan sanksiyalarimiz ular oldida holva bo‘lib qoladi”, deb ta’kidlab o‘tgan Tramp.

AQSh prezidenti Bag‘dod Vashingtonga Iroqda qurilgan aviabaza katta pulga qurilgani va buning evaziga haq to‘lanmaguncha AQSh qo‘shinlari Iroq hududini tark etmasligini qo‘shimcha qilgan.  

Yangiliklar lentasi
0