14:51 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
1549 0 0

General Sulaymoniyni oʻldirgani uchun AQShdan qasos olishning 13ta stsenariysi tayyorlandi. Ularning eng "oddiysi" ham AQShning tungi dahshatiga aylanadi - dedi Eron vakili.

TOSHKENT, 7 yanv - Sputnik. Eron Oliy Xavfsizlik Kengashi kotibi Ali Shamxoniy Tehronda general Kassam Sulaymoniyning oʻldirilishiga javoban AQShdan oʻch olish uchun 13 ta stsenariy mavjudligini aytdi, RIA Novosti xabariga asosan. 

Shamxoniyning soʻzlariga koʻra, tayyorlangan stsenariylarning "eng soddasi" ham "Amerika uchun dahshatga aylanadi".

Seshanba kuni Eron parlamenti Pentagon va AQSH armiyasini terrorchi tashkilotlar bilan tenglashtiruvchi qonun loyihasini bir ovozdan qabul qildi. Hujjatda, shuningdek, milliy rivojlanish jamgʻarmasidan Eron armiyasining elita boʻlinmasi - Quds maxsus kuchlariga 200 million yevro ajratilishi maʼqullangan.

Quds rahbari general Kassam Sulaymoniy 3-yanvarga oʻtar kechasi Bogʻdod xalqaro aeroporti hududida AQShning maxsus amaliyoti natijasida yoʻq qilindi. Vashington uni oʻtgan yilning 31 dekabrida Iroq poytaxtidagi AQSH elchixonasiga hujum uyushtirishda ishtirok etgan deb hisoblagan.

Eronning Oliy Rahbari Ali Xamonoiy Sulaymoniyning oʻlimi uchun AQShdan qasos olishga vaʼda berdi.

Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning aytishicha, Vashington jiddiy jinoyat sodir etgan, buni Tehron unutmaydi.

AQSH Prezidenti Donald Tramp shanba kuni Amerika Eronning 52 ta obʼyekti, shu jumladan madaniy meros obʼyektlarini nishonga olganini aytdi. Bu son 1979 yilda Eron tomonidan garovga olingan 52 amerikalik asir bilan bogʻliq.

Vashingtonning qarori bir qator siyosatchilar va ekspertlar orasida tashvish uygʻotdi, ular xalqaro huquq madaniy meros obʼyektlariga hujum qilishni taqiqlashini taʼkidladi. Bunga javoban AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Vashington "qonun boʻyicha harakat qilishini" aytdi.

Asosiy mavzular