Pushkov: AQShning Eron bilan urushi Trampni “dafn etgan bo‘lardi”

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishRossiyskiy senator Aleksey Pushkov
Rossiyskiy senator Aleksey Pushkov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Eronning Amerika bazalariga uyushtirgan hujumi yuzasidan xalqqa murojaat qilib, Vashington bunga javob Eronga nisbatan yangi sanksiyalar kiritish bilan cheklanishi va maksimal ta’sir ko‘rsatish siyosatini davom ettirishini ma’lum qildi.

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Rossiya senatori Aleksey Pushkov AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga nisbatan faqat yangi sanksiyalar joriy etish bilan cheklanib, to‘g‘ri yo‘l tutdi deb hisoblaydi.

Amerika yetakchisi 8-yanvar kuni Eronning Amerika bazalariga uyushtirgan hujumi yuzasidan xalqqa murojaat qildi. U Vashington bunga javob Eronga nisbatan yangi sanksiyalar kiritish bilan cheklanishi va maksimal ta’sir ko‘rsatish siyosatini davom ettirishini ma’lum qildi.

V Irane prazdnuyut godovshinu islamskoy revolyutsii - Sputnik O‘zbekiston
Eron general Sulaymon o‘limi uchun AQShga javob qaytardi

“Hech bir respublikachi, jumladan, “qirg‘iylar” (qirg‘iylar – muammoni kuch bilan hal qilish va qattiq siyosat tarafdorlari – tahr.), Trampdan Eronning bazalarga zarbasi uchun harbiy munosabatni talab qilmadi. Eron bilan urush AQShda mashhur emas va agar Tramp bunga jazm etganda, uni dafn etgan bo‘lishi mumkin edi. O‘z tahdidlaridan voz kechib, u to‘g‘ri yo‘l tutdi. Lekin Iroqda qolish AQSh uchun mushkulroq bo‘ladi”, - deya Pushkov so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Sakkizinchi yanvarga o‘tar kechasi Eron general Sulaymoniyning o‘ldirilishiga javoban AQSh bazalariga raketa zarbalarini amalga oshirdi. Raketalar Erondan AQSh harbiylari joylashgan Iroq g‘arbidagi Eyn-al-Asad va Erbildagi bazalar tomon uchirildi.

Vashington ma’lumotlariga qaraganda, hujum oqibatida AQSh fuqarolaridan hech kim zarar ko‘rmagan, moddiy zarar yetkazilgan, xolos.

Yangiliklar lentasi
0