16:05 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (48)
428 0 0

Oʻtgan yilning avgust oyida Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning 135 ta mol-mulki xatlangan edi. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, mol-mulkning bir qismi unga tegishli emas.

TOSHKENT, 9 yanv — Sputnik. Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga tegishli boʻlmagan mol-mulklar xatlovdan chiqarib tashlandi. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.

Oʻtgan yilning 9 va 13 avgust kunilari qonundagi oʻgʻri Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi doirasida 135 ta mol-mulk xatlangan edi.

“Hozirda oʻtkazilayotgan surishtiruvlar hamda tergov harakatlarini inobatga olib, Harbiy prokuratura Almazbek Atambayevga tegishli boʻlmagan mol-mulk qismini xatlovdan chiqardi. Shu bilan birga shuni maʼlum qilamizik, Almazbek Atambayevning turmush oʻrtogʻi Raisa Atambayevning hisob-kitob (oylik) hisoblariga taqiq qoʻyilmagan”, - deyiladi xabarda.

Batukayev ishi

Aziz Batukayev 2006 yilning avgust oyida Alamudin tuman sudi hukmi bilan 16 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, uning  molu mulki musodara qilingan. Batukayev 2006 yilda Bishkek shahri yaqinida koloniyada ommaviy tartibsizlik uyushtirganlikda va hujum paytida Qirgʻiziston parlamenti deputati Tinichbek Akmatbayev, jazoni ijro etish boshqarmasi rahbari Ikmatulla Polotov va parlamentning ikki nafar xodimini oʻldirishda ayblangan. Aziz Batukayev 2013 yil 9 aprelda “ogʻir kasallik” tufayli shartli ravishda ozod qilingan. U bundan foydalanib, Qirgʻiziston hududini tark etgan.

Qirgʻiziston IIV maʼlumotiga koʻra, Batukayev hozirda Chechenistonda noqonuniy qurol saqlagani uchun jazo muddatini oʻtamoqda.

“Jinoiy avtoritet”ga nisbatan jinoiy ishni qayta qoʻzgʻatilganini 17 aprel kuni Qirgʻiziston bosh prokurori Otkurbek Jamshitov maʼlum qildi.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (48)
Teglar:
Qirgʻiziston, Atambayev

Asosiy mavzular