14:07 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
AQSH – Eron mojarosi (36)
433 0 0

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning soʻzlariga koʻra, bu katta ehtimol bilan xatolik tufayli roʻy bergan.

TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. Tehronda Ukraina Boeing samolyoti Eron raketasi tomonidan urib tushirilgan, deb taʼkidladi Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo. RT xabariga asosan.

Uning soʻzlariga koʻra, bu maʼlumot unga Kanada hamda ittifoqchi davlatlarining razvedkasi tomonidan taqdim etilgan.

“Maʼlumotlar shuni koʻrsatmoqdaki, samolyot Eronning “yer-havo” raketasi bilan urib tushirilgan”, - deyilgan xabarda.

Kanada bosh vazirining soʻzlariga koʻra,  bu katta ehtimol bilan xatolik tufayli roʻy bergan.

Eron fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti rahbari Ali Obidjadeh bu versiyani asossizligini aytib oʻtdi.

Kuni kecha Ukraina milliy xavfsizlik xizmati Boeing-737 samolyoti zenit raketasi zarbasi oqibatida halokatga uchragani maʼlum qilgandi. Samolyotning texnik nosozligi halokatning yana bir sababi boʻlishi mumkin.

Chorshanba kuni Tehron aeroportidan osmonga koʻtarilgan "Ukraina xalqaro avialiniyalari" kompaniyasining Boeing-737 yoʻlovchi samolyoti bir necha daqiqadan soʻng halokatga uchradi. Samolyotda boʻlgan 170 nafar yoʻlovchi hamda 9 nafar ekipaj aʼzolari halok boʻldi. Yoʻlovchilarning aksariyati Eron fuqarolari boʻlishgan – 140 kishi. Shuningdek, ular orasida Ukraina, Kanada, Germaniya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya hamda Afgʻoniston fuqarolari ham boʻlishgan.

Mavzu:
AQSH – Eron mojarosi (36)

Asosiy mavzular