Tojikiston elchisi chegaradagi mojaro tufayli Qirg‘iziston TIVga chaqirtirildi

© Foto / press-slujba GPS KRPogranichniki na kirgizsko-tadjikskom uchastke gosudarstvennoy granisi
Pogranichniki na kirgizsko-tadjikskom uchastke gosudarstvennoy granisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Juma kuni Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov tojik hamkasbi Sirojiddin Muxriddin bilan telefon muloqotini o‘tkazgan

TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. Chegarada yuz bergan mojarodan so‘ng Tojikiston elchisi Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi, deb xabar qildi juma kuni RIA Novostiga Qirg‘iziston tashqi siyosiy mahkama matbuot-xizmati.

Pogranichniki na kirgizsko-tadjikskom uchastke gosudarstvennoy granisi - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston bilan chegarada otishmalar tufayli qirg‘iz qishlog‘i evakuatsiya qilindi

Sal oldin Qirg‘iziston chegara xizmati noma’lum shaxslar tunda qirg‘izistonliklarning avtomashinalari va uylarini toshbo‘ron qilishgani, hodisa joyiga yetib kelgan chegarachilar esa kichik kalibrli quroldan o‘qqa tutilgani haqida xabar bergan edi.

Idora xabariga ko‘ra, o‘t Tojikiston tomondan ochilgan.

"Shu munosabat bilan, Qirg‘iziston respublikasi tashqi ishlar vazirligiga Qirg‘iziston respublikasidagi Tojikiston respublikasi favqulodda va muxtor elchisi chaqirtirildi", - deb ma’lum qildi matbuot xizmati.

TIV, shuningdek, juma kuni Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov o‘zining tojik hamkasbi Sirojiddin Muxriddin bilan telefon muloqotini o‘tkazganini qo‘shimcha qilgan.

Davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismi bot-bot mahalliy aholi va ikki davlat chegara xizmatchilari o‘rtasida mojarolar zonasiga aylanib turadi. Buning asosiy sababi, davlat chegarasi qayerdan o‘tgani noma’lumligicha qolayotgan belgilanmagan hududlardir.

Yangiliklar lentasi
0