03:01 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Dunyoda
Havola olish
162311

Taxminlarga koʻra, boʻlinma Tayvan va Filippin sharqidagi orollarda joylashadi, aniq muddati hozircha aytilmayapti.

TOSHKENT, 11 yanvar - Sputnik. AQSH qurolli kuchlari Tinch okeani mintaqasiga Xitoyga qarshi axborot, elektron, raketa va kiber operatsiyalarni amalga oshirishga qodir boʻlgan maxsus tezkor guruhni yuborishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Bloomberg Qoʻshma Shtatlar Quruqlikdagi kuchlari vaziri Rayan Makkartining intervyusiga tayanib.

Uning soʻzlariga koʻra, maxsus tezkor guruh amerika aviatashuvchi guruhlarni Osiyoning materik qismidan uzoqlashtirishga qaratilgan Rossiya va Xitoyda mavjud boʻlgan baʼzi imkoniyatlarni zararsizlantirishi mumkin.

Qabul qilinayotgan qadamlar AQSH harbiy-kosmik razvedkasi milliy boshqarmasi bilan yangi kelishuv bilan mustahkamlanadi.

Shunday qilib, AQSH armiyasining tezkor guruhlari Yerning past orbitasida mavjud va boʻlajak sputniklar haqida maʼlumotlarni yaxshiroq qoʻlga kiritishlari mumkin.

Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, ushbu chora-tadbirlar AQShga Tinch okeani mintaqasida yangi modelni yaratish imkonini beradi, bunda quruqlikdagi qoʻshinlar havo va dengiz kuchlari uchun dushman mudofaasida "teshik ochishi" mumkin.

Taxminlarga koʻra, boʻlinma Tayvan va Filippin sharqidagi orollarda joylashadi, ammo joylashtirish muddati hozircha oshkor etilmayapti.

Avvalroq Sputnik radiosi Yaponiya Mudofaa vazirligi Yaqin Sharqqa esminets va samolyot yuborgani haqida xabar bergan edi.

Asosiy mavzular