22:14 19 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Dunyoda
Havola olish
127110

AQSH HHK generali Amerika qurolli kuchlarining Rossiya va Xitoydan ortda qolish xavfi haqida maʼlum qildi.

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. AQSH HHK generali va Shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasi rahbarining oʻrinbosari Jon Xayten Amerika qurolli kuchlarining Rossiya va Xitoydan ortda qolish xavfi haqida maʼlum qildi.

“Biz misli koʻrilmagan jadallik bilan harakat qilayotgan Rossiya va Xitoy qanday tezlikda rivojlanayotganini kuzatishimiz lozim”, - dedi u.

U AQSH armiyasi ehtimoliy dushman singari oʻsha surʼatlarda rivojlanishi darkor deb hisoblaydi.

Amerikalik harbiy AQSH armiyasi aksariyat koʻrsatgichlarga koʻra oldinda ekanini aytdi, lekin bu afzallikning, agar dushman “tezroq harakat qilayotgan” boʻlsa, maʼnosi boʻlmasligi mumkin.

Asosiy mavzular