Eron TIV Britaniya elchisining vaqtinchalik ushlab turilishini tushuntirdi

flag Irana
flag Irana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yakshanba kuni Tasnim agentligi Tehronda Britaniya elchisi namoyishlarda ishtirok etgani sabab qo‘lga olinganini xabar qilgan edi.

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Eron tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Abbos Araqchiy Britaniya elchisi Robert Makeyr Tehronda noqonuniy namoyishdagi noma’lum xorijlik sifatida qo‘lga olingani va uning maqomi ma’lum bo‘lgandan keyin 15 daqiqa o‘tib ozod qilinganini ma’lum qildi.

Kadri s mesta krusheniya ukrainskogo samolyota v Irane - Sputnik O‘zbekiston
Eron Oliy rahbari Boing halokati bo‘yicha tergov natijalarini oshkora e’lon qilishni buyurdi

“U noqonuniy yig‘ilishdagi xorijlik sifatida qo‘lga olingan. Menga politsiya qo‘lga olingan kishi u Buyuk Britaniya elchisi ekanini ta’kidlayotganini xabar qilganda, men bu bo‘lishi mumkin emas deb aytdim! Faqat u bilan telefon suhbatimdan so‘ng men hayrat ila  u ekanini bildim. 15 daqiqa o‘tib u ozod qilingan”, - deya yozgan Araqchiy Twitter᾽da.

Yakshanba, 12-yanvar kuni Tasnim agentligi Tehronda Britaniya elchisi namoyishlarda ishtirok etgani sabab qo‘lga olinganini xabar qilgan edi.Avvalroq mahalliy nashrlar Tehronda Ukraina samolyoti halokatida halok bo‘lganlarni esga olish uchun Amir Kabir nomidagi universitet binosida to‘plangan yuzlab talabalarning aksiyasi bo‘lib o‘tgani haqida xabar qilishgan edi. Bu aksiya iste’fo va halokat aybdorlarni jazolash talablari bilan mitingga aylanib ketdi.

Yangiliklar lentasi
0