12:28 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Dunyoda
Havola olish
61 0 0

Suxumda 9 yanvar kuni muxolifat vakillari prezident isteʼfosini talab qilib namoyish oʻtkazishdi. Buning ortidan mamlakat prezidenti isteʼfoga chiqish qarorini qabul qildi.

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Abxaziya prezidenti Raul Xajimba isteʼfoga chiqdi. Bu haqda Sputnik Abxaziya xabar qildi.

“Kecha kechqurun, 12 yanvar kuni namoyishchilar qarshisiga sobiq tashqi ishlar vaziri va sobiq parlament deputati Sergey Shamba chiqib, bayonotni oʻqib eshittirdi”,  - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, u yerda yigʻilganlar ushbu xabarni gulduros qarsaklar bilan qarshi olishgan.

Eslatib oʻtamiz, Suxumda 9 yanvar kuni muxolifat vakillari prezident isteʼfosini talab qilib namoyish oʻtkazishdi. 10 yanvar kuni mamlakat Oliy sudining kassatsiya instatsiyasi MSKning sentyabr oyida boʻlib oʻtgan prezident saylovlari natijalari toʻgʻrisidagi qarorini noqonuniy deb topdi

12 yanvar kuni Abxaziya Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovning yangi sanasini belgiladi. Saylovlar 2020 yil 22 mart kuni boʻlib oʻtishi kerak. Qonunga binoan, takroriy saylovda avval ishtirok etgan va yangi nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.

Asosiy mavzular