Eron Ukraina samolyoti qanday urib tushirilganiga aniqlik kiritdi

© Ofis prezidenta UkrainiFragmenti sbitogo v Irane ukrainskogo samoleta
Fragmenti sbitogo v Irane ukrainskogo samoleta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eron havo mudofaa kuchlarining yangi xizmat punkti bilan muvofiqlashtirilmagani tufayli yo‘lovchi samolyot urib tushirilgani ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 14 yanv - Sputnik. Ukraina aviakompaniyasining samolyoti Tehron xalqaro aeroporti yaqinida o‘rnatilgan havo mudofaa kuchlarining yangi xizmat punkti bilan muvofiqlashtirilmaganligi sababli xato ravishda urib tushirildi, deya xabar beradi RIA Novostiga Eronning shaharsozlik qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Abu al-Fadil Musaviy Beyuki.

"Samolyot parvozidan oldin havo hujumiga qarshi xizmat tomonidan bir yoki ikki marta ogohlantirildi ... Biroq, o‘sha kuni Imom Xomeyni xalqaro aeroporti yaqinida o‘rnatilgan havo mudofaa tizimining yangi xizmat punkti bilan to‘liq kelishuv o‘rnatilmagan edi va shu sababli xato yuz berdi", - deya tushuntirdi Beyuki.

Eslatib o‘tamiz, “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” kompaniyasining Kiyevga uchayotgan Boing 737-800 samolyoti 8-yanvar kuni ertalab Tehron aeroportidan chiqib ketgandan so‘ng halokatga uchradi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bortdagi 176 kishining barchasi halok bo‘lgan: Eron, Ukraina, Kanada, Germaniya, Shvetsiya va Afg‘onistondan 167 yo‘lovchi, shuningdek, to‘qqiz ekipaj a’zosi.

O‘tgan hafta Eron qurolli kuchlari vakillari Ukraina Boing samolyoti tasodifan urib tushirilganini va fojiaga inson omili sabab bo‘lganini aytishdi. Layner Eronning harbiy obyekti yaqinida uchgani sababli uni dushman obyekti deb xato qabul qilingan.

O‘z navbatida, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev Eron rasmiylaridan aybni to‘la tan olishini, rasmiy uzr va to‘lovlarni kutishini aytdi.

 

Yangiliklar lentasi
0